From Wikipedia, the free encyclopedia
Virginiya orollari – Vest-Indiyadagi (100 ga yaqin) mayda orollar. Buyuk Britaniya (maydoni 153,4 km2, aholisi 48 ming kishi, 2023; maʼmuriy markazi – Rod-Taun shahri) va AQSH (maydoni 355 km2, aholisi 204 ming kishi, 2023; maʼmuriy markazi – Sharlotta-Amaliya shahri) mulki. Aholisi negr va mulatlar. Virginiya orollari neogen davri ohaktoshlaridan tuzilgan, relefi tekislik. Virginiya orollarida togʻ hosil boʻlish jarayoni davom etmoqda. Eng baland joyi 543 m. Iqlimi issiq va nam tropik iqlim. Yillik yogʻin 1200 mm. Tez-tez boʻron boʻlib turadi. Doim yashil oʻrmonlar bor. Aholi shakarqamish oʻstirish, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neftni qayta ishlovchi, alyuminiy, soat, rom, shakarqand ishlab chiqarish korxonalari bor. Chetga shakarqand, rom, sitrus mevalari va chorva mollari chikariladi. Turizm rivojlangan. Virginiya orollarini 1493-yilda X. Kolumb kashf etgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.