From Wikipedia, the free encyclopedia
Viktor Mixaylovich Vasnesov [1848. 3(15).5, Lopya qishlogʻi, hozirgi Kirov viloyati — 1926.23.7, Moskva) — rus rassomi, Peterburg Badiiyot akadimyasi haqiqiy aʼzosi (1893). Peterburg Badiiyot akademiyasida taʼlim olgan (1868—75). 1880-yillardan milliy tarixiy mavzularda, ertaklar mazmuniga oid asarlar yaratdi. Epik asarlarida xalq gʻoyalari va yuksak vatanparvarlik tuygʻularini aks ettirishga intildi, qadimiy rus amaliy va bezak sanʼati anʼanalarini rivojlantirdi: "Igor Svyatoslavichning qipchoqlar bilan jangidan soʻng" (1880), "Alyonushka" (1881), "Boʻriga mingan shahzoda Ivan" (1889), "Bahodirlar" (1881—98), "Shoh Ivan Vasilevich Grozniy" (1897) 1880—90-yillardagi ishlari teatr bilan bogʻliq, bu davrda yaratilgan asarlari rus teatr dekoratsiyasi sanʼati rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Tarix muzeyi uchun "Tosh davri" mahobatli namoyonini yaratdi (1883—85), Kiyevdagi Vladimir sobori devoriy rasmlari (1885—96) 19-asr 2-yarmida inqirozga yuz tutgan anʼanaviy cherkov mahobatli rang tasviri tizimiga ruhiy mazmun va joʻshqinlik kiritdi. Koʻplab portretlar yaratgan. Viktor Vasnesov rasmlari asosida cherkov va afsonaviy "Tovuq oyogʻidagi uycha" (1883, Abramsovoda) bunyod etilgan, Tretyakov galereyasi fasadi qurilgan (1902).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.