From Wikipedia, the free encyclopedia
Veymar — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Ilm daryosi boʻyida (Elba havzasi). Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Kombayn, aniq oʻlchov asboblari zavodi, poligrafiya korxonalari bor; kimyo, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Shahar ilk bor 975-yildan tilga olingan. 1573-yildan gersoglik, 1815-yildan Saksen-Veymar-Eyzenax Buyuk gersogliganing (1918-yilgacha) bosh shahri. 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlarida Germaniya maorifi markazi. F List nomidagi konservatoriya, pedagogika instituti; Gyote milliy muzeyi, Shiller uy-muzeyi, Milliy teatr bor. 16—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan: Gersog saroyi (1790—1803-yillarda qayta qurilgan). Belveder saroyi (1726—32), Meʼmoriy va qurilish oliy maktabi (1904—07) va b. Ikkinchi jahon urushi yillarida V. yaqinida eng yirik konslagerlardan biri Buxenvald barpo etilgan edi. (1703 va 1708-17), K. M. Viland (1772-1813), I. V. Gyote (1775-1832), I. G. Gerder (1776-1803), I F. Shiller (17991805), F. List (1848-61) yashaganlar va ijod qilganlar.
AQSH Germaniyaning butunlay zaiflashtirib qo‘yilishini aslo istamas edi. Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo‘lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi raqibi — Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi. Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilan kirgan. Oxir-oqibatda esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, uning harbiy qudrati qayta tiklanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qabul qilindi. Rejada Germaniya sanoatini, birinchidan, chet el sarmoyasi yordamida, ikkinchidan, Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo‘li bilan tiklash ko‘zda tutildi. Rejada Germaniyaning 1925- yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd marka tovon to‘lashi ko‘zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko‘rsatkich yiliga 2,5 mlrd markani tashkil etishi kerak edi. Keyinchalik bu to‘lovlar miqdori kamayar va Germaniya iqtisodi imkoniyati darajasiga qarab to‘lanar edi. «Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo‘lsa, AQSH Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit’asida yetakchi davlat bo‘lib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo‘lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.