From Wikipedia, the free encyclopedia
Vazopressin (lotincha: vas — tomir va presso — bosaman), antidiuretik gormon — gipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Bu gormon gipofiz bezining orqa bo‘lagiga quyiladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari orqali gipofizga oʻtadi, undan qonga ajraladi. Vazopressin antidiuretik taʼsir koʻrsatganligi uchun umurtqali hayvonlar bilan odam organizmida suvtuz almashinuvini deyarli bir meʼyorda saqlab turadi. Bu gormon yetishmaganda qandsiz diabet paydo boʻlishi mumkin. Tarkibida Vazopressin bor preparatlar gipofizning orqa boʻlagidan olinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.