From Wikipedia, the free encyclopedia
Tushpa — Van koʻli (Turkiya) sharqiy sohilida joylashgan qad. shahar, Urartu davlati poytaxti (mil. av. 9—6-asrlar). Tushpaning qalʼa qismi baland qoya ustiga qurilgan. Podsho Menua davrida (mil. av. 9-asr oxiri) togʻ buloklaridan shaharga kanal oʻtkazilgan. 1916-yil I. A. Orbeli qoyatoshning jan. yon bagʻridan podsho Sarduri II (mil. av. 8-asr oʻrtasi) yilnomasi bitilgan katta ustun (stela)ni topgan. Tushpa ossuriy yozma manbalarida bir necha marta qayd etib oʻtilgan. Mil. av. 735 y. ossuriyaliklar shaharni vayron qilishgan boʻlsada, qalʼani egallay olishmagan. Mil. av. 7-asrda podshoh qarorgohi Tushpa tarkibiga kiruvchi Tuproqqalʼaga koʻchirilgan. Qalʼa mil. av. 6-asr boshida midiyaliklar tomonidan vayron etilgan, lekin Axomaniylar davrida qalʼada hayot davom etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.