From Wikipedia, the free encyclopedia
Turontosh — Chayuniyon hukmdori (7-asr 2yarmi). Uning ismi Samarqanddagi Afrosiyob devoriy rasmlaridagi bitiklarda qayd etilgan. Ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyon viloyati Toxaristonga boʻysunar edi. Toxariston esa, oʻz navbatida, Turk xoqonligi (552—745) tarkibida edi. Bu paytda Toxaristonda xokrnlikka mansub turkiy yabgʻular sulolasi mavjud boʻlib, Toxaristonning aksariyat viloyat va tumanlarida turkiy hokimliklar vujudga kelgan edi. Xususan, xitoy rohibi Syuan Szanning maʼlumot berishicha, 640-yillarda Chagʻoniyonni turkiy hokim boshqarardi. Shuningdek, Tabariy 710-yillarda Chagʻoniyonda shad unvonli turkiy hukmdor boʻlganligini qayd etadi. Bu esa 7—8-asrlarda Chagʻoniyonda turkiy sulola hukm surganligini koʻrsatadi.
T. ismi ham turkiy boʻlib, u mazkur sulolaga mansub boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.