From Wikipedia, the free encyclopedia
Tuproqshunoslik — tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq, eroziyasiga qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-asr oxirlaridan oʻrganila boshlandi. 19-asr oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-asr oxirlarida V.V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik tuproqshunoslikni yaratdi. Tuproqshunoslikning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P.A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N. M. Sibirsev va boshqa rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ tuproqshunoslik — tuproqshunoslikningamaliy sohalaridir. 20-asr boshlarida tuproqshunoslikning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.
20-yillarda V. I. Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib, tuproqshunoslikda biogeok i m yo yoʻnalishga asos soldi. 30-yillarga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi. Tuproqshunoslikning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A. Gerasimov, Ye.N.Ivanova, V. A. Kovda, B.B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V. Tyurin va boshqalarning ishlari yetakchi axamiyatga ega boʻddi.
Tuproqshunoslikning Oʻzbekistonda rivojlanishi Turkiston universiteti qoshida tuproqshunoslik va geobotanika institutining tashkil etilishi bilan uzviy bogʻliq. Bungacha Oʻrta Osiyo hududi tuproqlarini A. Middendorf, A.N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S. Kossovich ragʻbarligida Yer tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xoʻjaligi. kimyosi lab. (Rossiya; 1897-yilda tashkil kilingan) tomonidan Mirzachoʻl va Andijon tajriba dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar natijasida sur tuproklarda fosfor, kaliyning koʻpligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va karbonatlarga toʻyinganligi aniqlandi. S. S. Neustruyev ishlarida tipik sur tuproklar tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan.
tuproqshunoslikning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yoʻnalishlari sintezi tuproqning 4 asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tuproqning bu tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo oʻzaro taʼsir etib, uzluksiz kechadi. Tuproqda tirik organizmlarning boʻlishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi taʼlimot takomillashtirildi.
Oʻzbekistonda tuproqshunoslik rivojida M. B. Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N.V. Kimberg, M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N.Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O. Komilov va boshqalarning hissasi katta. Oʻzbekiston tuttroqshunoslari sugʻorma dehqonchilik mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, yaʼni yerni chukur haydash, sugʻorish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan unumli foydalanish; shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va boshqalarni ishlab chiqdilar. Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam oʻrganilgan va hali oʻrganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi maʼlumotlar tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta koʻrib chiqishni va uning yangi variantini yaratish imkonini berdi.
Tuproqshunoslikning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, qishloq xoʻjaligi. oliy oʻquv yurtlari va Oʻzbekiston milliy universiteti ning tuproqshunoslik kafedralari va boshqa ilmiy muassasalarida oʻrganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy toʻplamlarda nashr qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.