From Wikipedia, the free encyclopedia
Tuamotu, Paumotu — Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 km². Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iklim. Yiliga 1500–2000mm yog‘in yog‘adi. Yirik orollarda pandanus, banan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar o‘sadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantatsiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yig‘iladi. Bosh shahri — Rotoava. Biosfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606-yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan.Tuamotu rollari-Fransiya Polineziyasi davlat orollari guruhiga joylashgan.Kelib chiqishi-vulqonli asosga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.