Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi universitet From Wikipedia, the free encyclopedia
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) – Oʻzbekistondagi universitetlardan biri. 2002-yilda London Vestminster Universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda "Isteʼdod" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Xalqaro nomi |
Westminster International University in Tashkent |
---|---|
Turi | xalqaro universitet |
Asos solingan sanasi | 16-yanvar, 2002-yil[1][2] |
Rektori | Komiljon Karimov[3][4] |
Talabalari | 5 000[5] |
Manzili |
12 Istiqlol koʻchasi , , 100047 , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | wiut.uz |
Universitetning tarixi TXVU (Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti) Oʻzbekistondagi birinchi ingliz tilida dasturlashtirilgan universitet hisoblanadi.
Universitet Toshkent shahar Yashnobod t. Istiqbol koʻchasi 12 uyda joylashgan.
Universitetning oldi tarafida joylashgan gʻishtli bino 1912–1913 yillarda Turkiston davlati bosh quruvchsi – Svarichevskiy G. M.ning loyihasi asosida qurilgan. Dastlab, 2-ayollar gimnaziyasi sifatida foydalanilgan ushbu bino ikki qavatdan iborat boʻlgan (Keyinchalik, binoning uchinchi qavati qurilgan). Sovet davrida esa bu yerda Yuriy Gagarin nomidagi aviatsiya texnikumi joylashgan edi. 2002- yilda bino Toshkentdagi xalqaro Westminster Universitetiga berilgan.
TXVU Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-yanvardagi „Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 22 son qarori asosida UMID Taʼlim muassasasi ishtirokida tashkil etilgan. TXVU Oʻzbekiston oliy taʼlimning xalqaro standartlarini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar fuqarolariga bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha oliy-kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi xalqaro miqyosda tan olingan diplomlarni olish imkoniyatlarini osonlashtirish uchun moʻljallangan.
Ayni paytda Universitet kampusida ochiq va yopiq futbol va voleybol maydonlari, maʼruza va konferensiya zallari, axborot resurs markazi, oshxona va bufetlar, zamonaviy oʻquv binolari mavjud. Yaqinda yana bir oʻquv binosi „Shahristanskaya“ koʻchasi boʻyida qurilib, foydalanishga topshirildi. Ikkita zamonaviy, norezident va chet ellik talabalarni joylashtirish uchun yaxshi jihozlangan yotoqxonalar taklif etiladi.
Xalqaro Umumtaʼlim kursi
TXVUning Xalqaro Umumtaʼlim kursi toʻliq bir yillik kurs hisoblanadi. Kurs Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan. Bu kurs oliy taʼlim uchun ilk qadam hisoblanadi. Kursning asosiy maqsadi talabalarni oliy taʼlimning yuqori bosqichlariga tayyorlashdan iboratdir. Xalqaro Umumtaʼlim kursi Vestminster Universiteti tomonidan taqdim etilgan va Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari va boshqa dunyoning koʻpgina universitetlaridagi bakalavr kurslariga kirish malakasini beradi.
Xalqaro Umumtaʼlim kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar TXVU bakalavr kurslariga oʻtish malakasini qoʻlga kiritadilar. Shuningdek, talabalar London Vestminster Universitetining tegishli bakalavr kurslariga oʻtish malakasiga ham ega boʻlishadi.
Kursning asosiy xususiyatlari
Xalqaro Umumtaʼlim kursi quyidagi xususiyatlarga ega:
Kurs talabalarni Buyuk Britaniya madaniyati va oliy taʼlim uslubi bilan tanishtiradi. Buning muhim tarafi shundaki, Buyuk Britaniya oliy taʼlim tizimi Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidan farq qiladi va bu tizimga moslashish uchun maʼlum vaqt ketadi
Kurs talabalarni Ingliz tilida taʼlim olish qobiliyatini rivojlantiradi. Busiz talabalar taʼlimning yuqoriroq bosqichlariga oʻta olishmaydi
Kurs Biznes, Axborot Texnologiyalari, Huquq va Iqtisodiyot uchun kerak boʻlgan boshlangʻich bilimni beradi va talabalarga kelgusi mutaxassisliklarini tanlashga yordam beradi
Kurs muzokora qilish qobiliyatini va fikr erkinligini rivojlantiradi. Bular Buyuk Britaniya taʼlim tizimining muhim jihatlaridir.
TXVU Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan bakalavr dasturi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda taʼlim beradi:
Biznes Boshqaruvi (Wayback Machine saytida 2019-10-19 sanasida arxivlangan)
Iqtisodiyot (Wayback Machine saytida 2019-09-09 sanasida arxivlangan)
Biznesda Axborot Texnologiyalari (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan)
Tijoriy Huquq (Wayback Machine saytida 2019-09-07 sanasida arxivlangan)
TXVU taʼlim berish va muomala vositasi sifatida Ingliz tilini asos qilib olgan. Universitet kurslari Oʻzbekiston milliy iqtisodi va jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. TXVU davlatimizning taʼlim sohasidagi qimmatbaho tajribasini va Yevropa standartlari va taʼlim tarzini uygʻunlikda olib boradi.
TXVUga qabul talablari Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan qabul qoidalariga asoslangandir.
Hozirda qabul talablari quyidagilardan iborat:
Umtaʼlim Kursi:
Qabul qarorlari asoslangan tamoyillarning muhim tarafi shundaki, ular talabaga kursdan foyda olish va muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. Oʻqishga kirishni xohlovchilar yosh, Ingliz tili, Matematika va boshqa umumiy talablarga javob berishi kerak:
Yosh talabi
Birinchi oʻquv yili mobaynida talaba 17 yoshga toʻlish kerak (oʻquv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
Ingliz tili talabi
Kamida 6.0 IELTS balli (IELTSning yozma boʻlimidan 5.0 dan kam boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli
Matematika talabi
TXVUning matematikadan kirish imtihonini (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan) muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega boʻlish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE yoki International Baccalaureate malakalariga ega boʻlish
Umumiy talablar
Oʻzbekiston fuqarolari keng miqyosdagi maktab fanlarini oʻqiganligi va maktabni tugatganligi toʻgʻrisida shaxodatnomaga ega boʻlishlari kerak. Kamida oʻrtacha 70% shaxodatnoma (attestat) balli yetarli boʻladi.
Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. Oʻqishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini koʻrsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablariga koʻra qabul qilinadi.
Bakalavr Kurslari:
Bakalavr kurslariga kirish uchun quyidagi talablar qoʻyilgan:
Yosh talabi
Birinchi oʻquv yili mobaynida talaba 18 yoshga toʻlish kerak (oʻquv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
Ingliz tili talabi
Kamida 6.0 IELTS balli-Tijoriy Huquq kursiga 6.5-(IELTSning yozma boʻlimidan 6.0dan kam boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli
Matematika talabi
TXVUning matematikadan kirish imtihonini (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan) muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega boʻlish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE A/S, International Baccalaureate, SATS, ACT kabi malakalarga ega boʻlish
Umumiy talablar
Oʻzbekistonlik oʻqishga kirishni xohlovchilar keng miqyosdagi maktab fanlarini oʻqigan va maktabni tugatganligi toʻgʻrisida shaxodatnomaga ega boʻlishi va oliy oʻquv yurtining birinchi oʻquv yilini muvaffaqiyatli tugatgan boʻlishlari kerak. Odatda kamida oʻrtacha 70% oʻzlashtirish balli yetarli boʻladi.
Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. Oʻqishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini koʻrsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablari asosida qarab chiqiladi.
Magistratura Kurslari
Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursi
Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursiga quyidagi talablarga koʻra qabul qilinadi:
Yosh talabi
Oʻqishga qabul paytida kamida 22 yoshda boʻlish kerak
Bakalavr ilmiy darajasi talabi
Har qanday sohada Buyuk Britaniyaning Lower Second Class Honours yoki shunga mos boshqa bakalavr ilmiy darajasi
Ingliz tili talabi
Agar bakalavr ilmiy darajasi Ingliz tilida oʻqitilmagan va baholanmagan boʻlsa, kamida 6.5 IELTS balli (yoki 600 Paper/250 Computer/100 Internet based TOEFL balli)
Malaka Oshirish Yoʻnalishida Maxsus Kurs
Bu kursga qabul talablari quyidagilardan iborat:
Taʼlim oluvchilar TXVUda yoki boshqa oliy va oʻrta maxsus taʼlim dargohlari oʻqituvchilari va boshqa xodimlari hamda 14 va undan yuqori yoshdagi maktab oʻquvchilari bilan ishlaydigan oʻqituvchilar boʻladi. Bakalavr ilmiy darajasi yoki shunga ekvivalent ilmiy daraja Eng kamida 30 soatlik dars oʻqitgan oʻqituvchilar yoki fasilitatorlar IELTSdan 6.5 ball yoki shunga muvofiq keladigan TOEFL balli (600 paper-based, 250 computer-based, 100 internet based). Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtish
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.