Toʻlan Nizom (taxallusi; asl ismsharifi Nizomiddinov Toʻlanboy) (1939.17.8, Boʻz tumani) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965— 76), tuman xalq taʼlimi boʻlimida mudir (1976—1983), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida masʼul kotib (1983—1985), Boʻz ped. bilim yurtida direktor (19852001). Birinchi sheʼriy toʻplami – „Sening ertaklaring“ (1970). Shundan soʻng T. N.ning „Iftixor“ (1982), „Oy qizlar“ (1988), „Muqaddas ruh“ (1993), „Vatan tuygʻusi“ (1993), „Chaman ichra“, „Akssado“, „Intizorlik“ (1994), „Daqr bogʻi“ (1995), „Saylanma“ (1998) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. T. N. soʻnggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Choʻlpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bagʻishlangan „Choʻlpon“, „Majnuntol yigʻisi“, „Ruhi ravonim“ (1993), „Uch soʻz“ (1995), „Oq gul“, „Botmay qolgan oy“ (1996), „Alisher“ (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. „Non hidi“ (1998), „Suhbat“ va Qamchiq dovoni qurilishiga bagʻishlangan „Dovon“ (2002) dostonlari muallifi. „Mehnat shuxrati“ ordeni bn mukofotlangan (2003).

Qisqa faktlar Asl ismi, Tavalludi ...
Toʻlan Nizom
Asl ismi Toʻlanboy Nizomiddinov
Tavalludi 17-avgust 1939-yil
Taxallusi Toʻlan Nizom
Yopish

Unvon va mukofotlari

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.