Thai Airways (inglizcha: Thai Airways International Public Company Limited; tay tili: การบินไทย) — Thai Airways International sifatida faoliyat yuritadi, Tailand milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. 2020-yil 19-mayda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish eʼlon qilindi[1].

Thumb
Airbus A340-600

Aviakompaniyaning asosiy aeroporti — Suvarnabhumi. Thai Airways International Star Alliancening asoschisi hisoblanadi. Aviakompaniya eng uzun toʻxtovsiz yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi, jumladan Bangkok — Los-Anjeles[2].

Thumb
Boeing 747-400
Thumb
Airbus A380

Tarix

1960-yilda tashkil etilgan Thai Airways International taniqli SAS aviakompaniyasining bevosita ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxona maqomiga ega edi. 1977-yilgacha SAS Thai Airways International kompaniyasining 30% ulushiga ega edi. 1977-yilda SAS kompaniyaga tegishli aktsiyalarning bir qismi (15%) Tailand hukumati tomonidan sotib olindi. Oʻzining texnik parkini va parvozlar geografiyasini oshirish boʻyicha strategik dastur doirasida Thai Airlines 1988-yilda Tailandning eng yirik mahalliy aviatashuvchisi Thai Airways kompaniyasi bilan birlashdi. Thai Airlines bir vaqtning oʻzida jahon aviatashuvchilarning eng yirik alyansi — Star Allianceni yaratish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan[2].

Flot

2018-yil oktyabr oyida Thai Airways quyidagi samolyotlardan foydalanhan[3]:

Thai Airways xalqaro floti
Samolyot turi Xizmatda Yoʻlovchi sigʻimi Eslatmalar
F C Y Jami
Airbus A350-900 12 N/D
Airbus A380-800 6 12 60 435 507
Boeing 747-400 8 10 40 325 375
Boeing 777-200 6 30 279 309 Ishdan chiqarish rejalashtirilgan[4]
Boeing 777-200ER 6 0 30 262 292
Boeing 777-300 6 34 330 364
Thumb
Aviakompaniya shtab-kvartirasi

Ultra uzoq parvozlar

2005-yil 1-maydan 2008-yil 1-iyulgacha Thai Airways International uzoq masofali A340-500 laynerida Bangkok — Nyu-York reysini toʻxtovsiz amalga oshirdi. Parvoz vaqti taxminan 17 soat edi. Shu bilan birga, Nyu-Yorkdan Bangkokga parvoz Norvegiya, Rossiya, Afg'oniston va Hindiston hududlari orqali amalga oshirilgan, qaytish esa Xitoy, Sharqiy Sibir, Alyaska va Kanada hududlari orqali amalga oshirilgan[2]. Samolyotlarning bandligi 80% bo‘lishiga qaramay, yoqilg‘i sarfi ko‘p bo‘lgani uchun parvozlar bekor qilingan[2].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.