From Wikipedia, the free encyclopedia
Teofilo Juan Cubillas Arizaga (ispancha: Teófilo Juan Cubillas Arizaga)—perulik futbolchi,yarim himoyachi.1975-yilgi Amerika kubogi[1] gʻolibi va 1970,1978 va 1982-yillardagi Jahon chempionati ishtirokchisi.Peruning XX-asrdagi eng yaxshi futbolchisi[2],1972-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi[3],Peru terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar, uchta jahon chempionatida oʻynagan yagona perulik.
Cubillas-Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri (7-oʻrin)-ikkita musobaqada (1970 va 1978), futbolchi har birida 5 tadan 10 ta gol urgan (xuddi shunday ikkita musobaqada bir xil natijani Miroslav Kloze va Tomas Myuller hisobida bor), shuningdek 1982-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.1975-yil Amerika Kubogi gʻolibi.1972-yil Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi.
Ikki marta (1966,1971) Cubillas Peru chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.1977 va 1978-yillar Peru chempioni."Lima Alliances" klubi tarixida eng yaxshi toʻpurar (295 gol) va Peru terma jamoasi (117 oʻyinda 45 gol, rasman — 81 oʻyinda 26 gol) tarixidagi eng yaxshi toʻpurar. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.IFFHS talqiniga koʻra Janubiy Amerikada XX-asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 48-oʻrin va XX-asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 17-oʻrinni egallagan.
1985-yilda Cubillas futbolchi sifatida nafaqaga chiqdi, ammo 1987-yil dekabr oyida butun „Lima Alliances“ jamoasi aviahalokatga uchragach, u oʻzining jonajon klubiga yordam berish uchun bir muncha vaqt oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.
Teofilo Cubillas Peru terma jamoasidagi debyutini 1968-yilning 17-iyulida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va peruliklar 0:4 hisobida magʻlub boʻldi.1970-yilda Cubillas oʻzining birinchi Jahon chempionatida ishtirok etdi, u yerda toʻrtta oʻyinda ishtirok etdi va beshta gol urdi.Bu unga chempionatning uchinchi toʻpurari va musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishga imkon berdi.1975-yilda Cubillas oʻz jamoasi bilan Amerika kubogi gʻolibligiga erishdi.1978-yilda CubilLas ikkinchi jahon chempionatida ishtirok etdi, u yerda oltita oʻyinda ishtirok etdi va yana beshta gol urdi.1982-yilda Cubillas oʻzining uchinchi va oxirgi jahon chempionatiga yoʻl oldi, u yerda u oʻz milliy jamoasining uchta oʻyinida ham ishtirok etdi, ammo gol ura olmadi.1982-yil 22-iyunda Polshaga qarshi oʻyinda peruliklar 1:5 hisobida magʻlub boʻlishdi.Bu oʻyin Cubillas uchun terma jamoadagi oxirgi oʻyin edi.Hammasi boʻlib Teofilo Cubillas terma jamoa safida 81 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib,26 ta gol urgan[4].Cubillas terma jamoa safida ham 36 norasmiy oʻyin oʻtkazib,19 ta gol urgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.