From Wikipedia, the free encyclopedia
Teng huquqlilik - konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida tengligini rasman eʼtirof etishni bildiradi. Unga koʻra, muayyan davlat fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qatʼi nazar, teng huquq, erkinlik va majburiyatga ega boʻladilar. Teng huquqlilikning realligi jamiyat va davlat tuzumining qanchalik demokratiyaliligini anglatadi.
Teng huquqlilik tamoyilini 18-asr oxirida Fransiya inqilobi ilgari surdi ("Ozodlik, tenglik, qardoshlik") va u koʻp mamlakatlarning konstitutsiyalari hamda inson huquklari deklaratsiyalarida mustahkamlandi. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy nazariyasi fuqarolarning huquqda tabiiy xarakterga ega boʻlgan baʼzi farklari boʻlishi mumkinligini tan oladi, mas., jahonning koʻpchilik davlatlarida harbiy xizmatni oʻtash majburiyati faqat erkaklar zimmasiga yuklanadi, keyingi oʻn yilliklarda nogironlar, bolalar, kam sonli tub xalq vakillari uchun alohida konstitutsiyaviy huquqlar belgilab qoʻyila boshlandi va hokazo. Fuqarolarning teng xuquqligi prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.