Mizoj
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mizoj yoki temperament — shaxs faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni alohida psixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv sistemasi faoliyatining tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy harakatchanligida namoyon boʻladi. Har qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof muhit taʼsiriga javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol koʻrinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining imo-ishoralari (mimikasi)da ifodalanadi. Kishi hissiyotining bunday qoʻzgʻaluvchanlik xususiyatlari diqqatyaing kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab kishilar sustkash, lapashang yoki tezkor, betoqat, sergʻayrat kabi sifatlarga ajratiladi. Shu xildagi individual xususiyatlardan kishining mizoji tarkib topadi. Mizoj tushunchasi Gippokrat davridayoq maʼlum boʻlgan. Mizoj haqida 2 xil nazariya — gumoral va morfologik nazariya muvjud. Gumoral nazariya eng qad. boʻlib, unga koʻra, mizoj organizmdagi muayyan suyuqlik (xilt)lar xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Bu nazariyada Gippokrat taʼlimoti asosiy oʻrinda turadi. Unga koʻra, odam mizojining turlicha boʻlishi organizmdagi 4 suyuqlik — qon, safro, balgʻam, qora oʻtning nisbati bilan bogʻliq. Organizmdagi qaysi suyuqlikning ustun boʻlishiga qarab, odam mizoji jihatdan 4 tipga: sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik mizojlarga boʻlinadi. Bu tiplarning psixologik tavsifini I. Kant sistemalashtirgan. Shunga muvofiq, sangvinik mizoj chaqqon, ildam, har xil voqealarga hozirjavob, gʻam-gʻussa va muvaffaqiyatsizliklarga bardoshli, taassurotlarni joʻngina oʻzgartira oladigan xususiyatlarga ega shaxs Mizoj. Xolerik mizojlilar joʻshqin, qiziqqon, serjaxl, serzarda, kayfiyati tez oʻzgaradigan kishilardir. Melanxolik mizoj egalari jurʼatsiz, hadiksiraydigan, arzimagan narsadan juda tashvishlanadigan, yuvvosh, sustkash boʻladilar. Flegmatik mizoj —sust harakat, vazmin, sovuqqon, turgʻun kayfiyatli, ruhiy holati tashqaridan yaxshi sezilmaydigan xususiyatli shaxs Mizoj Morfologik nazariya (E. Krechmer va U. Sheldon) mizojni tana tuzilishiga va tashqi qiyofasiga qarab belgilaydi. Mizojning markaziy nerv sistemasi bilan bogʻliq ilmiy nazariyasini I. P. Pavlov ishlab chiqqan. U nerv sistemasini 3 asosiy xususiyatga: qoʻzgʻalish va tormozlanish kuchi, bu jarayonlarning muvozanati va ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida psixologlar mizojning oliy nerv faoliyati xususiyatlari bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni ishlab chiqishdi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.