Tel-Aviv
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tel-Aviv — Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus shahridan keyin 2-oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −12 °C, iyulniki 25 °C. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 405 200 kishi (2012, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. Tel-avivda 2 universitet, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.
Tel-aviv תֵּל אָבִיב-יָפוֹ | |
---|---|
shahar, Isroil poytaxti | |
32°5′0″N 34°48′0″E | |
Mamlakat | Isroil |
okrug | Tel-aviv okrugi |
Hukumat | |
• Mer | Ron Xulday |
Asos solingan | 1909 |
Maydon | [convert: invalid number] |
Rasmiy til(lar)i | Ivrit tili |ivritcha |
Aholisi (2012) |
405 200 |
Zichligi | 1063,38 kishi/km2 |
Milliy tarkib | yahudiylar (91,6 %), arablar (3,9 %), boshqalar (4,5 %) |
Telefon kodi | (972)(3) Isroil tashqarisi, (03) Isroil ichkarisida |
|
Tel-avivga 1909-yilda Yevropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa shahridan shimolroqda asos solingan. 1948–50 yillarda mamlakat poytaxti boʻlgan.[1] Poytaxt Quddusga koʻchirilgan boʻlsada, koʻpgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham Tel-avivda.[2]
Tel-aviv – mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50 % Tel-avivda joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: metallsozlik, toʻqimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud.[3] Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi.[4]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.