From Wikipedia, the free encyclopedia
Tatyana Borisovna Naynik (ruscha: Татьяна Борисовна Найник; tugʻ. 6-aprel 1978) – Rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa, model va produser. 2002-yilda Nu Virgos guruhiga aʼzo boʻlgan.
Tatyana Naynik 6-aprel 1978-yilda Leningradda ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi – Boris Petrovich Naynik, ilmiy texnik sifatida teatrda ishlagan. Onasi – Nina Naynik, dizayn muhandisi. Tatyana badiiy maktabni tamomlagach, bir necha yil badiiy gimnastika va mumtoz baletda oahsil oldi. Bolaligidanoq veterinar boʻlishni orzu qilar, shu bilan u Sankt-Peterburg davlat universitetining biologiya fakultetining kinologlar maktabini tugatgan va ikkinchi toifadagi ishlov beruvchi sudyalik unvoniga ega boʻlgan. Maktabni tamomlagandan soʻng Tatyana A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetini pedagogika fakultetini tamomlaydi.
Tatyana Naynik raqqosa Dmitriy bilan 4 yil fuqarolik nikohida yashadi. Ukrainalik teleboshlovchi va shoumen Andrey Djedjula bilan esa uchrashib yuradi. 2015-yil iyul oyining boshida Margarita Terexovaning oʻgʻli Aleksandr Terexov bilan turmush qurgan. 2015-yil 2- avgustda ular Vera ismli qiz farzand koʻrishadi.
Nu Virgos bilan
Singllari
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.