Tarobulus al-Gʻarb
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tarobulus al-Gʻarb (arabcha: طرابلس الغرب) yoki Tripoli (inglizcha: Tripoli) — Liviya poytaxti. Oʻrta dengiz sohilida. Aholisi 595 ming kishi (1990-yillar boshlari). Iqlimi subtropik, quruq. Oʻrta dengiz atrofiga xos iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 27°. Yillik yogin 370 mm.
Tarobulus al-Gʻarb arabcha: طرابلس الغرب | |
---|---|
32°52′30.68″N 13°11′14.86″E | |
Mamlakat | Liviya |
|
T. — mamlakatning eng yirik shahri, savdosanoat va moliya markazi. Yirik dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. T.da mamlakat sanoat korxonalarining 3/4 qismi joylashgan. Toʻqimachilik, koʻnteri, neftni kayta ishlash, oziq-ovqat (un tortish, baliq konservalash, tamaki, yogʻmoy) sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, kiyim, poyabzal, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Universitet, tabiat tarixi va arxeologiya muzeylari, teatr bor. T.da har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.
Qadimda T. oʻrnida finikiyaliklarning koloniyasi Ea sh. boʻlgan. Ularning Ea, Sabrata va LeptisMagna koloniyalari "Tripolis" (yun. "Uch shahar") deb atalgan. Keyinchalik Ea shu nom bilan atala boshlagan. Mil. av. 105 yildan Rim, mil. 5-asrda vandallar, 6—7-asrlarda Vizantiya qoʻl ostida boʻlgan. 643 yildan arablarga oʻtgan. 1551 — 1911-yillarda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1911-yilda Italiya qoʻshinlari bosib olgan. 1943-yilda shaharni inglizlar egallagan. 1951-yil dekabrda Liviya mustaqillikka erishgach, T. uning poytaxti.
Meʼmoriy yodgorliklardan Mark Avreliy zafar arki (164 y.), qalʼa (16-asr), qirol saroyi, masjidlar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.