From Wikipedia, the free encyclopedia
Tangachalilar (Squamata) — sudralib yuruvchilar turkumi. Gavdasi har xil shakldagi tangachalar va qalqonlar bilan krplangan. Tangachalar ostida suyak plastinkalar joylashgan. Kalla suyagi chakka qismidagi suyaklar reduksiyaga uchragan. Yuqori jagʻ kvadrat suyagi koʻpincha bosh qutisi bilan harakatchan birikkan. Kloakasi kundalang tirqishsimon. Erkagining kopulyativ organi bir juft. Koʻpchilik T. (kaltakesaklar, ilonlar) tuxumlari yumshoq pergamentsimon pust bilan krplangan; bu pust ostida oqsil parda boʻlmaydi.Z kenja turkum: kaltakesaklar, amfibiyasimonlar (amfisbenalar?) va ilonlarga boʻlinadi. 6600 turi bor. Antarktikadan boshqa barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda T.ning kaltakesaklar va ilonlar kenja turkumiga mansub 58 turi tarqalgan; 16 turi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.