Tōei (yaponcha: 東栄町 Tōei-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Kitashitara okrugida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharchadagi 1438 ta xonadonda 3033 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi har kvadrat kilometrga 24,6 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 123,38 kvadrat kilometr (47,64 mi²) ga teng.
Tōei 東栄町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°4′36.9″N 137°41′52.1″E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Kitashitara |
Maydon | 123.38 km2 (47.64 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil) |
3 033 kishi |
Zichligi | 25 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0536-76-0501 |
|
Tōei Aichi prefekturasining en shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar hududining 90 foizdan ortigʻi 700 dan 1000 metrgacha boʻlgan togʻlar va oʻrmonlar bilan qoplangan hamda shaharning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan.
Aichi prefekturasi
Shizuoka prefekturasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toei aholisi soni keskin kamayib ketdi va hozir 1960-yildagi sonining uchdan bir qismini tashkil etadi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 10,843 | — |
1970 | 7,706 | −28.9% |
1980 | 6,236 | −19.1% |
1990 | 5,441 | −12.7% |
2000 | 4,717 | −13.3% |
2010 | 3,758 | −20.3% |
Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Tōeiisda oʻrtacha yillik harorat 14,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2101 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,1 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 3,4 °C atrofida boʻladi[3].
Edo davrida hozirgi Tōei toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunatining nazorati ostida boʻlgan Tenryo hududi boʻlgan. Meiji qayta tiklanganidan soʻng Aichigada Hongō, Miva, Midono, Furikusa va Sonoga singari zamonaviy munitsipalitetlar tizimi tashkil etildi. 1900-yilda Hongo qishlogʻining bir qismi Shimokava qishlogʻiga aylantirildi. 1921-yil 1-oktabrda Hongō shaharcha maqomiga koʻtarildi.
1955-yil 1-aprelda Hongō shahri qoʻshni Midono, Shimokava va Sono qishloqlari bilan birlashib, Tōei shahrini tashkil qildi. Miva qishlogʻi yangi shaharga keyingi yili, 1956-yil 1-iyulda qoʻshib berildi.
Tōeining asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga asoslanadi. Shahar gidroenergetika ishlab chiqarishdan maʼlum miqdorda daromad oladi.
Tōeyda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iida liniyasi
Hana Matsuri — har yili noyabrdan mart qadar oʻtkaziladigan festival boʻlib, unda yogʻoch niqobli 40 dan ortiq ishtirokchilar raqs tushib, turli marosimlarni ijro etishadi. U 1976-yil 4-maydan beri nomoddiy muhim madaniy boylik sifatida tan olingan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.