From Wikipedia, the free encyclopedia
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: ) xalqaro ayollar futboli miqyosida Suriya sharafini himoya qiladigan ayollar futbol milliy terma jamoasi[1].
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Suriya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Suriya Futbol Uyushmasi (SFA) tomonidan nazorat qilinadi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga yoʻllanma olgan ola olmagan. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining eng yaxshi yutugʻi 2005 va 2022-yillardagi Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida uchinchi oʻrinni egallagani boʻldi[2][3].
Ayollar futboli Suriyada taxminan 1950-yilda, Shom va Yaqin Sharqdagi birinchi ayollar futbol jamoasi Aleppoda tashkil etilgan paytdan boshlab rivojlana boshladi. Shunga qaramay, Suriyada XXI asr boshlariga qadar ayollar futbol ligasi yoki milliy terma jamoasi tashkil etilmagan.
2005-yilgi G‘arbiy Osiyo chempionatida WAFFda birinchilardan bo‘lib o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazgan Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqa guruh oʻyinlarida Falastin ayollar jamoasi ustidan 4:0, Bahrayn terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Lekin Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda, 23-sentabr kuni Eron ayollar terma jamoasiga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lganida guruhdagi holat keskin o‘zgardi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda olti ochko bilan uchinchi oʻrin qoʻlga kiritildi va musobaqani tark etdi[4]. 2007-yilgi WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Eron, Iordaniya va Livan ayollar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda bironta ochko ololmadi va guruhda toʻrtinchi oʻrinni egalladi[5].
2010-yilgi WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi ishtirok etmadi. 2010-yil oktyabr oyida jamoa 2010-yilgi Arabiston ayollar kubogida ishtirok etdi. Turnirda „A“ guruhida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi uch ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu uch ochkoni Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Qatar ayollar terma jamoasi ustidan 12:0 hisobidagi g‘alaba qozonganligi uchun olgan edi. Bu Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro miqyosdagi eng yuqori g‘alabasi bo‘ldi[6].
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining Gʻarbiy Osiyo chempionatidagi navbatdagi ishtirok keyingi yili 2011--yilda boʻlib oʻtdi. Bu safar Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi B guruhda bitta gol urdi va yana oxirgi oʻrinni egalladi[7].
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etdi[8]. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilning aprel oyida Vetnamda boʻlib oʻtgan saralash turnirining „D“ guruhida ham birorta ham gʻalaba qozona olmadi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Singapurga 1:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Bundan tashqari Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Vetnam, Myanma va Eron ayollar terma jamoalariga ham katta hisoblarda magʻlub boʻldi[9].
2021-yilda Suriya futbol assotsiatsiyasi Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasini yangilash va rivojlantirishga qaror qildi[10]. Amaldagi Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi va Suriya futbol assotsiatsiyasi ayollar boʻlimi rahbari sobiq futbolchi Nensi Muammar oʻrniga Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga Salim Jablaviy bosh murabbiy etib tayinlandi[11].
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Nosour Qasioun (Qasioun burgutlari)“ nomi bilan tanilgan.
Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriya erkaklar jamoasi anʼanalariga amal qilgan holda qizil shortik va qizil paypoqli qizil koʻylak kiyadi. Lekin hozirgi taklif etilayotgan oʻzgartirish toʻplami oq rangda. Barcha Suriya futbol federatsiyasi jamoalari singari Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2022-yildan beri ayollar futboli formasini Jako firmasi yetkazib beradi[12].
2022-yil 12-avgust holatiga koʻra
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.