From Wikipedia, the free encyclopedia
Sunʼiy yoʻtal – (lotincha: tussis artificialis) bemorning nafas olish yoʻllarida havoning qisqa muddatli siyraklashuvini hosil qiluvchi maxsus apparat yordamida nafas yoʻllaridagi narsalarni evakuatsiya qilish metodi hisoblanadi[1].
Oʻpkalarning havo yoʻllari bosimi oʻpkalardagi bosimdan past boʻlgan sigʻim bilan qisqa muddatli tutashuvi yoʻli orqali sunʼiy yoʻtal qoʻzgʻatiladi. Bosimlar farqi bronxlarda havo oqimining yuqori tezligini paydo qiladi. Bu oqim traxeya tomon harakatlanib, oʻzi bilan birga balgʻam va boshqa zarrachalarni havo yoʻllaridan, shuningdek ekssudatni soʻrib olish uchun kateter kiritib boʻlmas joylardan chiqarib ketadi[2].
Sunʼiy yoʻtalni tabiiy yoʻtal refseksi butunlay yoki qisman yoʻqotilganda, yoki yoʻtal ogʻriq hislarini keltirib chiqarsa, masalan, jarrohlikdan keyingi davrda, qoʻllanadi[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.