Sumi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Sumi yoki Sumy (ukraincha: Суми) — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Xarkov — Vorojba yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 268 ming kishi (2025[1]). Sumiga 1652—1655-yilda asos solingan. 1658—1765-yillarda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-yildan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-yildan Xarkov noibligining uyezd shahri. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-yilda Sumi viloyati markazi.
Remove ads
Sumi — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik („Nasosenergomash“ ishlab chiqarish. birlashmasi, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektron mikroskoplar, „Sumselmash“ zavodlari), kimyo (fosfat oʻgʻitlar, kislota ishlab chikariladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut zavodlari, goʻsht kombinati), yengil (movut, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari) sanoatlari. Qurilish kombinati, mebel zavodi bor.
Sumida pedagogika instituti, Harkov politexnika institutining filiali, oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, oʻlkashunoslik, badiiydekorativ sanʼat muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Voskreseniye (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, SpasPreobrajeniye sobori (1776) saqlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Remove ads
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads