From Wikipedia, the free encyclopedia
Spin (ing. spin — aylanmoq) — kvant tabiatga ega boʻlgan elementar zarralar impulsining xususiy momenti. Elementar zarralarning xususiy magnit momenti S. magnit momenti deb ataladi. Atom yadrosi (va baʼzan atom) harakat miqdorining xususiy momenti ham S. deb ataladi. "S." tushunchasini 1925-yilda amerikalik fiziklar J.Ulenbek va S. Proton Gaudsmitlar kiritgan. "S." terminining qoʻllanilishiga sabab, dastlab elektronni oʻz oʻqi atrofida ailanuvchi zaryadlangan sharcha deb tasavvur kilingan. Impulsning xususiy momenti va xususiy magnit momenti ana shu harakat tufayli mavjud, deb hisoblangan. Zarralar S. i shu zarralar boʻysunadigan statistika bilan bir qiymatli bogʻlangan. Kvant mexanikada "S." toʻgʻrisidagi tushunchalar V. Pauliga tegishli. Pauli koʻrsatganidek (1940) maydonining kvant nazariyasiga asosan butun Sli zarralar Boze— Eynshteyn statistikasita (bozonlar), yarimbutun Slilar esa Fermi— Dirak statistikasiga (fermionlar) boʻysunadi. Fermionlar, mas, elektronlar uchun Pauli prinsipi toʻgʻri, bozonlar uchun esa oʻrinsizdir.
Zarralar Si relyativistik effektdir (buni P. Dirak isbotlagan). Elektronda S. va S. magnit momentining mavjudligi Dirak tenglamasidyan kelib chiqadi.
Ad.L.Bogolyubov N. N., Shirkov D. V., Kvantovie polya, M., 1980.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.