"SOVGʻA" — ertapishar yozgi nok navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida Vilyame va Lesnaya krasavitsa navlarini chatishtirib chiqarilgan (A. K. Pavlov, V. V. Kuznetsov). Daraxti oʻrtacha kattalikda, shoxshabbasi keng piramida shaklida. Mevasi oʻrtacha kattalikda, vazni 150— 170 g., och sariq, qizil taramlari bor. Poʻsti yupqa, nafis, silliq, tovlanuvchan. Eti oq, mayin, moysimon, sersuv, nordonshirin, mazasi yoqimli.
Tarkibida 13,9% qand, 0,15% kislota mavjud. Koʻchati ekilgandan soʻng 4—5yili hosilga kiradi. Aprel oʻrtalarida gullaydi. Avgustning oʻrtalarida pishadi. Har yili hosil beradi. Oʻrtacha hosildorligi 134,4 s/ga (eng yuqorisi 227,1 s/ga). Sovuqqa, kasalliklarga chidamli. 1959-yildan Oʻzbekistonnin1: barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.