Sorlar

From Wikipedia, the free encyclopedia

Sorlar (Buteo) — qarchigʻaylar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 25 turi bor. Yevrosiyoda, Afrika va Amerika kitʼalarida, Madagaskar va Gavayya orollarida tarqalgan. Oʻrtacha kattalikda, uz. 28 sm dan 70 sm gacha, vazni 140 g dan 2 kg gacha. Qanotlari va dumi keng. Patlari koʻproq sariq va malla rangda. Oʻrmon, dasht va togʻli hududlarda hamda tundrada yashaydi. Uyasini daraxtlar, kryalar, jarliklar va yerga quradi. Qulay joyga qurilgan uyalardan har yili foydalanadi. 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini koʻproq modasi bosadi. Inkubatsiya davri 30—40 kun% Bolalarini uyada 45—55 kun boqadi. Asosan, keng tarqalgan kemiruvchilar, ayrim turlari kaltakesak, ilon, quyon, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Oziq kam boʻlgan yillari S. bolalari oʻrtasida kannibalizm kuzatiladi, yaʼni katta yohdagi bolalari kichigi va nimjonini yeydi. S.ning 2 turi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.