From Wikipedia, the free encyclopedia
Solt-leyk-siti - AQShning gʻarbiy qismidagi shahar, Jordan daryosi boʻyida, uning Katta Shoʻr koʻlga quyilish yerida joylashgan. Yuta shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 181,7 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning muxim sanoat va savdomoliya markazlaridan. Konchilik va rangli metallurgiya (mis eritish) sanoatlari rivojlangan. AQShning harbiy raketasozlik markazlaridan. Radioelektronika, xususan, EHM, aloqa vositalari va harbiy maqsadlar uchun turli jihozlar, nazoratoʻlchov priborlari, aviatsiya va avtomobil detallari, tibbiyot asboblari, konchilik va metallurgiya sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Shaharga 1847-yilda asos solingan. S.da 2002-yilda qishki 19-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.