From Wikipedia, the free encyclopedia
Slanetslar — turli xil tarkibdagi metamorfik togʻ jinslari. Tarkibiga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan choʻziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat boʻlgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Regional metamorfizm darajasiga koʻra, slanetslar 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz metamorflashgan togʻ jinslari — gilli slanetslar va chuqur metamorflashgan kristalli slanetslar Gilli slanetslar koʻproq gilli minerallar, gidroslyudalar, baʼzan montmorillonitdan tarkib topgan boʻladi. Kristalli slanetslar orasida tarkibidagi minerallar (slyudalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga koʻra, slyudali slanetslarga (biotitli, muskovitli, baʼzan paragonitli) ajratiladi; bu slanetslarda dala shpatlari va kvarsning ortishi bilan gneyslarga, amfibolitli slanetslarda amfibolshyalarga aylanadi. Baʼzan kristalli slanetslar tarkibidagi nisbatan kam uchraydigan mineral nomi bilan ataladi: granitli, stavrolitli, kainitli slanetslar va hokazo. Fillitlar, xloritli S. va yashil S. gilli va kristalli slanetslar oraligʻidagi togʻjinslaridir, yuzaroq chuqurliklarda yashilslanets fatsiya deb ataladigan sharoitda metamorfizmga uchragan, ularning tarkibida, slyudalardan tashqari, yashil rangli minerallar (xlorit, epidot va turli amfibollar) koʻp. Yashil slanetslar choʻkindi va vulkan jinslaridan hosil boʻladi. Mukammal qavatqavatlangan gilli slanetslar tomlarni yopishda ishlatiladi. Gneyslarga yaqin boʻlgan kristalli slanetslardan kurilish materiali, olovbardosh mahsulotlar i. ch.da xom ashyo sifatida foydalaniladi. Organik moddalar bilan boyigan gilli slanetslar yonuvchi slanetslar sifatida qoʻllanadi. Qora rangli va tarkibida vanadiy, fosfor, bor kabi mikroelementlar boʻlgan. Slanetslar qishloq xoʻjaligida tabiiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonning Zirabuloq, Ziyovuddin, Nurota, Qizilqum, Sulton Uvays togʻlarida slanetslar keng tarqalgan. Slanetslarni oʻrganish ular bilan bogʻliq foydali kazilmalarni topishga imkon beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.