From Wikipedia, the free encyclopedia
Singapur — Singapur davlatining poytaxti. Jan.Sharqiy Osiyoning yirik iktisodiy markazi. Aholisi 5,1 mln. kishi (2001). Singapur boʻgozi sohilidagi dunyoda eng yirik dengiz portlaridan (yiliga 130 mln. t dan ziyod yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻli va shosse yoʻllar orqali Malakka yarim orol bilan bogʻlangan. S. — xalqaromoliya va xom ashyo tovarlari (tabiiy kauchuk, kokos palmasi mahsulotlari, yogʻoch, ziravorlar, mevalar, kofe, qalay) savdosining yirik markazi. Neftni qayta ishlash, elektrotexnika, neft kimyosi, mashinasozlik, kema taʼmirlash, rezina, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Baliqovlanadi. Shahar markazida koʻp qavatli zamonaviy binolar qurilgan. Singapur universiteti, 2 politexnika instituti, muzeylar, kutubxonalar, botanika bogʻi, dengiz akvariumi, teatr va boshqa bor. Shaharga 1299-yilda asos solingan. 1365-yildan S. Malay davlatlari savdosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1832-yildan Britaniya Malayyasi mustamlakasining, 1946—59 yillarda inglizlarning Singapur mustamlakasining bosh shahri. 1959-yildan "Oʻzini oʻzi boshqaruvchi Singapur davlati"ning, 1965-yildan mustaqil Singapur Respublikasining poytaxti.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.