From Wikipedia, the free encyclopedia
Sinan Oğan (1969-yil 14-mart, Iğdır) — kelib chiqishi asli ozarbayjon boʻlgan turk siyosatchisi[2]. 2011-yilda oʻng qanot Milliyatchi Harakat partiyasi tarkibida Iğdır viloyati deputati boʻlib, TBMMda faoliyat boshlagan. Marmara universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan[3]. Sinan Oğan 2023-yilgi Turkiya prezidentlik saylovlarida Ata ittifoqining nomzodi sifatida koʻrsatilgan[4].
Sinan Oğan | |
---|---|
TBMM | |
Mansab davri 2011-yil 12-iyun – 2015-yil 7-iyun | |
Prezident | Recep Tayyip Erdoğan |
TÜRKSAM rahbari | |
Mansab davri 2004-yil 9-mart – hozir ham lavozimda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-mart 1969-yil Melekli, Iğdır Turkiya |
Siyosiy partiyasi |
|
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Ata ittifoqi |
Turmush oʻrtogʻi | Gökçen Oğan |
Bolalari | 2 nafar |
Istiqomat joy(lar)i | Anqara |
Taʼlim |
Marmara Universiteti Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti |
Kasbi |
Akademik Siyosatchi Strateg |
Dini | Shialik[1] |
Ilmiy unvoni | Doktor |
Mukofotlari | Terakki medali |
Sinan Oğan 1967-yil 1-sentyabrida Turkiyaning Iğdır shahrida tugʻilgan. 1989-yilda Marmara universitetining menejment fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan Sinan Oğan Marmara universiteti Turkiyat Tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, 1993-yildan 2000-yilga qadar Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida dekan muovini lavozimlarida ishlab kelgan. 1994-yildan 1998-yilgacha Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) vakili sifatida faoliyat olib borgan. 2000-yilda Turkiyaga qaytib, Kavkaz mintaqasi boʻyicha Yevroosiyo strategik tadqiqotlar markazida ish boshlagan. TURKSAM, yaʼni xalqaro aloqalar va strategik tahlil markaziga asos solgan. 2009-yilda Oğan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Sinan Oğan 2011-yil 12-iyunida boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda Milliyatchi Harakat partiyasidan Iğdır viloyati deputati etib saylangan.
Sinan Oğan Milliyet gazetasining „Sosyal Bilimler“, Marmara universiteti „Akademik Üstün Başarı“ va Ekoavrasya uyushmasining 1992-yilgi „Türk Dünyasına Hizmet“ kabi mukofotlari sohibi. „Interpress Media Tracking Center“ tomonidan 2010-yilda eng koʻp muhokama qilingan shaxs va televizor ekranlarida eng koʻp koʻrsatilgan ismlar boʻyicha olib borilgan soʻrovnomada 131 xabar bilan Turkiyada eng koʻp televidenie ekranlarida koʻrinish bergan siyosatchilari qatoriga kirgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.