From Wikipedia, the free encyclopedia
Shahed 129 (forscha: شاهد ۱۲۹) — „Shahed Aviation Industries“ tomonidan Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) uchun ishlab chiqilgan Eronning bir dvigatelli oʻrta balandlikda uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchuvchi apparatidir (UUA). Shahed 129 jangovar va razvedka missiyalarini bajarishga qodir va 24 soatlik avtonomlikka ega. Hajmi, shakli va maqsadi boʻyicha Amerikaning „MQ-1 Predator“[1] UUAga oʻxshash va Eron harbiy qurolli kuchlarida foydalanuvchi eng samarali dronlardan biri hisoblanadi. UUA nomi fors tilidan tarjima qilganda „shohid“, „guvoh“ yoki „kuzatuvchi“ degan maʼnoni bildiradi.
Shahed 129 | |
---|---|
Shahed 129 ning ikkinchi avlodi | |
Tavsifi | |
Turi | Razvedkachi UUA |
Loyihalovchi | „Shahed Aviation Industries“ tadqiqotlar markazi |
Ishlab chiqaruvchi | Iran Aircraft Manufacturing Industrial Company |
Ekspluatatsiya boshi | 2012-yil bahori |
Maqomi |
foydalanilmoqda ishlab chiqarilmoqda |
Asosiy ekspluatant | Eron HHK |
umumiy soni | 30 |
Narxi | $ 7.5 mln. |
Asos model | Shahed 123 |
Oʻlchamlari | |
Uzunligi | 8 m |
Boʻyi | 3,1 m |
Ogʻirligi | 400 kg |
Shahed 129 Vikiomborda |
UUA Suriya fuqarolar urushi davridagi havo hujumlari paytida va Eronning sharqiy chegarasida chegarani qoʻriqlashda ishlatilgan[2]. „Saegeh“ UUA „Shahed 129“ bilan birgalikda keyingi oʻn yil davomida Eronning yuqori texnologiyali UUA flotining asosini tashkil qilishi kutilmoqda[2].
2005-yilda Eron samolyotsozlik sanoati kompaniyasi (HESA) „HESA-100“ UUAni loyihalashni boshlaydi. „HESA-100“ asosan „Shahed 129“ bilan bir xil dizaynga ega edi, ammo undan qisqaroq va kvadrat fyuzelyajga ega edi. „HESA-100“ keyinchalik „Shahed 123“ deb qayta nomlandi va keyinchalik „Shahed 129“ ga aylantirildi. Bir qator manbalarda qayd etilishicha, „Shahed 129“ Eronda halokatga uchragan Isroilning „Hermes 450“ UUAdan koʻchirilgan[3].
IIQK uchun 2024-yilgacha 40 ta Shahed 129 UUA sotib olish rejalashtirilgan. Dronning „Semurg'“ (Simurgʻ) deb nomlangan harbiy-dengiz versiyasini yetkazib berish ishlari ham boshlangan.
Washington Post gazetasining AQSh razvedka maʼlumotlariga tayanib yozishicha, Eron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarining birinchi partiyasini yuborgan. Shahed va Qods Mohajer-6 dronlari 2022-yil 19-avgustda yuborilgan[4].
Bombalar: 4 × Sadid-345 PGM
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.