From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu at-Toyyib Sanad ibn Ali al-Yahudiy (milodiy 865-yilda vafot etgan) 8-asrda yashagan Iroqlik yahudiy astronom, tarjimon, mathematik va muhandis boʻlgan. U Xalifa Al-Ma'mun boshchiligidagi Bagʻdod sudida ishlagan. Otasi ilmli Yahudiy astronom boʻlib, Bagʻdodda yashagan va ishlagan va keyinchalik islomni qabul qilgan.
Sanad ibn Ali | |
---|---|
Vafoti | Milodiy 864-yildan soʻng |
Fuqaroligi | Abbosiylar |
Otasi | Ali Muso (otasi) |
U Zij al-Sindhindni tarjima qilgani va tahrirlagani bilan mashhur. Zij al-Sindhind Musulmon olamiga kirgan ilk astronomik jadval boʻlgan. Matematik sifatida Sanad ibn Ali al-Xorazmiyning hamkasbi boʻlgan va Yoqub ibn Toriq bilan yaqindan ishlab Yerning va boshqa astronomik jismlarning diametrini oʻlchagan. Bundan tashqari u Kitab al-jabr wal-muqobalaga sharh yozgan va al-Xorazmiyning ishlarini isbotlagan. Oʻnli kasrlar arab raqamlariga Sanad ibn Ali tomonidan kiritilgan.
Ibn Abi Usaibianing aytishiga koʻra Banu Muso aka-ukalari kasbiy hasad tufayli uni Abbosiy Xalifasi al-Mutavakkil tayinlagan yangi poytaxt Samarradan uzoqroq saqlashga urinishadi va uning Bagʻdodga yuborilishiga sabab boʻlishadi. Jaʼfar Muhammad ibn Muso ibn Shokir ham Ahmad ibn Muso ibn Shokir ham buyuk kanalning qurilishini yaxshiroq muhandis boʻlgan Sanad ibn Alini chetga surib Al-Fargʻoniyga topshirishadi. Al-Fargʻoniy katta xato qiladi, u kanalning boshini qolgan joylaridan chuqurroq qazdiradi va natijada suv oʻz manzili boʻlmish Al-Jaʼfariyyaga yetib bormaydi. Buning yangiligi al-Mutavakkilning qattiq jahlini chiqaradi va Banu Muso ogʻir jazodan Sanad ibn Alining oʻz boyligi va ehtimolki hayotini xavfga qoʻyib Al-Fargʻoniyning hisob kitoblarini oqlashga uringani tufayli qutulib qolishadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.