From Wikipedia, the free encyclopedia
Sake uchun toʻplam — sake yaʼni, guruchdan tayyorlanadigan anʼanaviy yapon alkogol mahsulotini dasturxonga tortish uchun moʻljallangan idishlar toʻplamidir. Bunday toplamlar odatda sopoldan boʻladi. Shu bilan birga shisha, yogʻoch, laklangan plastik va metalldan tayyorlangani uchrab turadi. Bunday idishlar alohida yoki servis toʻplamida sotiladi.
Sake uchun moʻljallangan koʻza-tokkuri (tokkuri (yaponcha: 徳利 ) mín)deyiladi. Odatda bu tor boʻyinli dumaloq idish shaklida boʻladi, lekin turli shakllarda, shu jumladan „burunli“ idishlar «katakuti» (yaponcha: 片口 ) ham uchrab turadi. Anʼanaga koʻra, koʻzadagi sake issiq suvli idish ichiga qoʻyib isitiladi. Koʻzaning tor boʻyni issiqlikni saqlashga yordam beradi. Oden tortiladigan Ryoteyi va restoranlarda baʼzan sakeni baʼzan isitib, «tirrori» (yaponcha: 銚釐 ) yoki tampo deb nomlangan metall idishlarda uzatishadi. tampo (yaponcha: 湯婆 ). Soʻnggi yillarda shishadan boʻlgan tirorilardan sakeni sovutish uchun ham foydalanishyapti.
Qadimda sake katta hajmdai boʻyicha, masu (yaponcha: 枡升 ) deb nomlangan yogʻoch qutilarda sotilgan. Uning hajmi tahminan 180 ml, shuni oʻzidan ichishgan. Yogʻoch quti ichimlikning taʼmini toʻldirishi kerak edi, chunki u taru-yogʻoch boʻchkalardan taru (yaponcha: 樽 ) tayyorlanardi. Ammo hozirgi zamonda sakeni sevuvchilar masudan ichmaydilar, chunki yogʻoch ichimlikning taʼmini oʻzgartiradi. Biroq, masudan anʼanaviy marosimlarda foydalanishda davom etishmoqda. Restoranlarda sake uzatayotgan inson konteyner ichiga finjonni qoʻyishi yoki boʻlmasam, masu ni oʻzini kattaroq idishga joylashtirib ustidan sakeni quyishi mumkin. Maqsad kichikdan toshib katta idishga quyilishi. Bu yaponlarda boylik ramzini bildiradi.
Masu odatda laklangan yogʻoch yoki plastmassadan tayyorlanadi . Anʼanaga koʻra, masuni liq toʻldirish kerak. Bu farovonlik belgisini bildiradi. Xususan, uning nomi ham kabi soʻzi bilan ommonimdir.«koʻpayish, kattarish, qoʻshilish» (yaponcha: 増す masu ) soʻzi bilan omonimdir.
Zamonaviy Yaponiyada sake odatda sopol idishlarda beriladi. Kichik silindrsimon stakan „o-tyoko“ va tekis «sakadzuki» (yaponcha: 杯 )lar keng tarqalgan. Ular odatda toʻy kabi marosimlarda ishlatiladi. Lekin kundalik foydalanish uchun kattaroq sakazukilar mavjud. „Sakazuki“ soʻzini yozish uchun bir nechta iyerogliflar 盃 i 坏[1], shuningdek, kichik sakazuki uchun 盞[1] qoʻllanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.