From Wikipedia, the free encyclopedia
Rassomlik sanʼati – asarlari biror yuza (qogʻoz, mato, taxta, devor va boshqalar) ga boʻyoq (akvarel, moyboʻyoq, tempera, guash, yelimboʻyoq), qalam, rangli tosh, shisha va hokazoda ishlanadigan tasviriy sanʼat turi. Qanday xomashyodan va qanday ishlanishiga qarab rangtasvir va grafikaga ajratiladi. Rangtasvirda rang muhim oʻrin egallaydi va uning xarakterli tomonlarini belgilaydi; grafikada asosan chiziq, oq-qora boʻyoq dogʻlari asosiy boʻlib, rang ikkinchi darajali oʻrin tutadi, koʻp hollarda shartli, ramziy maʼnoda asarning gʻoyaviy emotsional tomonini kuchaytirish maqsadida uni qoʻllash mumkin. Masalan, plakatsiz rangi qizil buyum koʻk, sariq va boshqa rangda berilishi mumkin va hokazo „Rassomlik sanʼati“ iborasi XX asr 50-yillaridan qoʻllanilib, dastlab rangtasvirni taʼriflash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda, shuningdek, badiiylik maʼnosida ham qoʻllanadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Rassomlik sanʼati qad. boʻlib, rangtasvir va grafika bir-biri bilan uzviy bogʻliq holda rivojlangan. Davr oʻtishi bilan professional sanʼatning kuchayishi ularni mustaqil sanʼat turlariga ajrata boshlagan. Uygʻonish davri va undan keyingi davrlarda Rassomlik sanʼati ifoda vositalari boyib borgan, mutaxassislar yetishib chiqqan, texnika va texnologiya oʻzgarib yangilanib borgan. Rangtasvir va grafikani bir-biridan alohida ajratish qiyin, chunki har bir ijodkor ularning har ikkisida ham ijod qiladi, ijodkor faoliyatiga baho berish faqat ulardan qay birining yetakchiligiga bogʻliq. Masalan, L.Abdullayev rangtasvir va grafikada ham mehnat qilgan, lekin rangtasvir ustasi sifatida eʼtirof etiladi. Ch. Axmarov, N.Kashina va boshqa ijodida ham shu xilni koʻrish mumkin, ular ijodida fafikaning ayrim tur va koʻrinishlari oʻz ifodasini topgan, xolos. V.Kaydalov, Q. Basharov va boshqa ijodida rangtasvir asarlari mavjud boʻlsa ham, ular fafik rassomlar qatoridan oʻrin olgan. Oʻzbek kitob grafikasining asoschisi boʻlgan I.Ikromovni, N.Xoliqov, A.Bobrov, F.Kagarov va boshqalarni grafik rassomlar sifatida eʼtirof etish mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.