Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllangan.
Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan. 20-asrning 20-yil laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoatis. korxonalari (sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatis.da sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2ichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m2deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollari).
Erkin Akramov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.