Qurbaqa
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qurbaqalar – dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Uzunligi 2–25 sm[1][2]. Koʻpchilik qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoqlari baqalarga nisbatan kalta. 21 urugʻi, 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tugʻuvchi qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Koʻpchilik (200 ga yaqin) turlari asl qurbaqalar urugʻiga kiradi. Asl qurbaqalarning koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan; orqa oyogʻi barmoqlarida suzgich pardalar qoldigʻi bor; koʻzidan keyinroqda yirik quloqoldi, tanasining orqa tomoni boʻylab mayda zahar bezlari joylashgan[3]. Yevrosiyoning oʻrmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 sm keladigan oddiy, yaʼni kulrang qurbaqalar, choʻl, dasht, oʻrmon va togʻlarida (4 800 m gacha balandlikda) esa koʻk qurbaqalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida faqat koʻk qurbaqalar (uzunligi 14 sm gacha) uchraydi.
Qurbaqa | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||
| ||||||||||
Aksariyat qurbaqalar – quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Koʻpchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qoʻyadi. Qurbaqalar bogʻ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Janubiy Amerikaning mahalliy aholisi aga qurbaqalari zaharini oʻq-yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.