From Wikipedia, the free encyclopedia
Qubodiyon, Qabodiyon - Oʻrta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida. Sagʻo-niyon bilan Vaxsh oraligʻida, hozirgi Qoʻrgontepa viloyatining Shaartuz tumani (To-jikiston) hududida joylashgan. Xi-toy manbalarida (7-asr) kexo-yenna mulki tarzida keltirilib, uning hududi sharqdan gʻarbga tomon 2 kunlik yoʻl ekani qayd etilgan. Qubodiyonning markaziy shahri Sagʻoniyon poytaxtidan qolishmagan. Shaharda 3 ta Budda monastiri joylashgan. Oʻrta asrlarda Qubodiyon nomi ilk bor Tabariy asarida 725 yil Asad ibn Abdullohning Xuttalonga yurishi munosabati bilan uchraydi. Qubodiyon 8-asr oʻrtalarida arablar tomonidan bosib olingan. 9-asrda Qubodiyon maʼmuriy jihatdan Xuttalon viloyatiga qaragan. 10-asrda esa Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) viloyati tarkibida boʻlgan. Samʼoniyning yozishicha, 12-asrda Qubodiyon Balx viloyatiga mansub obod nohiya edi. Qubodiyon hududini Romil daryosi kesib oʻtgan. Bu yerda arablarning tamim qabilasi yashagan, ular harbiy ishda mohir boʻlishgan.
Hozirda Qoʻrgʻontepaning jan.gʻarbidagi tuman markazi Qabodiyon deb ataladi. Uning atrofida Kaykubodshoh va Qalʼai Mir shahar xarobalari bor, lekin Qubodiyon markazi oʻrni Shaartuzdan 9 km masofada joylashgan Qiziltepa yoxud Qizqalʼa oʻrnida boʻlgan. Bu yerda hayot kushonlar davridan 13-asr boshiga qadar davom etgan.
11-asrda Xurosonda roʻyan oʻsimligining "kubodi" nomli maxsus navi mashhur boʻlgan. Bu nav Qubodiyonda yetishti-rilgan va 10-asrda asosiy qishloq xoʻjaligi ekini hisoblangan; roʻyan katta miqdorda Hindistonga eksport qilingan. Undan olingan daromadning bir qismini viloyat hokimi olgan. 17-asrda ham roʻyan Qubodiyondan chetga chiqariladigan asosiy qishloq xoʻjaligi mahsuloti sanalgan, undan tashqari Qubodiyondan ajoyib anorlar va 2 turdagi uzum shinnisi chiqarilgan. Qubodiyon togʻlarida 10-asrda neft. saqich va bitum, shuningdek, feruza konlari boʻlgan. 12-asrda Samʼoniy Qubodiyonning mashhur shifobaxsh bulogʻi haqida yozgan. Bu buloq hozirda Chiluchor chashma deb ataladi. Uning oldida yaqin vaqtlargacha eski masjid boʻlgan. uning ustunlaridan birida masjid qurilgan sana (749 yil) koʻrsatilgan. 19-asr va 20-asr boshida Qubodiyon Buxoro amirligining Qubodiyon bekligiga boʻysungan.
Ad.:Kamaliddinov Sh. S. Istoricheskaya geografiya Yujiogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnmm istochnikam IX — nachalo XIII vv.. T., 1996.
Faxriddin Hasanov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.