From Wikipedia, the free encyclopedia
Qora Abulfayz oʻgʻli Qorayev (t. 5-fevral 1918-yil — v. 13-may 1982-yil) — mashhur Ozarbayjon bastakori va pedagogi. SSSR Xalq Artisti (1959), Stalin mukofoti laureati (1946, 1948), Lenin mukofoti laureati (1967), Sotsialistik mehnat qahramoni (1978), Lenin, Oktyabr Inqilobi va Qizil Mehnat Bayrogʻi ordenlari laureati, SSSR Oliy Soveti deputati, OMFA akademigi. Urushdan keyingi davr Ozarbayjon madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biri.
Qora Qorayev | |
---|---|
Tavalludi |
5-fevral 1918-yil Boku, Rossiya İmperiyasi |
Vafoti |
13-may 1982-yil (64 yoshda) Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR |
Millati | Ozarbayjon |
Otasi | Abulfayz Qorayev |
Onasi | Sona xonim Iskandar qizi |
Veb-sayti | http://qara-qarayev.musigi-dunya.az/ |
Qora Qorayev 1918-yil 5-fevralda Boku shahrida mashhur doktor-pediatr Abulfayz Qorayevning va Sona xonim Iskandar qizi oilasida tugʻildi. Qora Qorayev oilasida oʻzini musiqa sanʼatiga bagʻishlagan ilk shaxs hisoblanadi. Ota tomondan Absheronning Fatmayi qishlogʻidan, ona tomondan bobosi Iskandarbey Oxundov esa Shamaxining mashhur vakillaridan edi. Bu oila XX asrning Boku ziyolilaridek juda boy ham emasdi.[1] 1926-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga qabul qilindi, 1930-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa texnikumida professor Georgiy Sharoyevning fortepiano guruhi talabasi, 1935-yildan esa Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik (Leopold Rudolf) va Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari (Uzeyir Hojibeyov) guruhi talabasi boʻldi. 1938-yildan 1940-yilgacha P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhining (A.N.Aleksandrov) talabasi boʻldi. Bir qancha vaqt Bokuda yashagach yana 1946-yilgacha Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhi (Dmitriy Shostakovich) talabasi boʻldi. 1982-yil 13-mayda Moskva shahrida vafot etdi. Bokuda dafn qilindi. Bastakor Faraj Qorayevning otasi, doktor-pediatr Mursal Qorayevning ukasi va Madaniyat va turizm vaziri Abulfas Qorayevning amakisidir.
1937-yildan Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasiga aʼzo boʻldi. Moskvadan qayitgach 1941-yilda Muslim Magomayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasining badiiy rahbari vazifasiga tayinlandi. 1944-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining boshqaruv hay’ati raisi muovini boʻldi. 1946-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhida oʻqituvchi sifatida ish boshladi, shu yili SSSR Bastakorlar Uyushmasi tashkiloti komiteti aʼzosi etib saylandi.
1948-yilda SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi etib saylandi, Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi dotsenti, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi arxitektura va tasviriy sanʼat instituti musiqa boʻlinmasiga rahbarlik qilishni boshladi. 1949-1953-yillarda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi direktori boʻldi. 1950-yilda SSSR Vazirlar Soveti qoshidagi SSSR Davlat mukofotlari boʻyicha komitet aʼzosi sifatida tayinlandi, 1952-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati raisi etib tayinlandi.
1953-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatrida „Yetti goʻzal“ baletining ilk spektakli qoʻyildi.
1954-1982-yillarda SSSR Lenin va Davlat mukofotlari komiteti aʼzosi boʻldi.
1956-1973-yillarda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining birinchi kotibi sifatida ishladi, 1957-yilda SSSR kinematografiya ishchilari uyushmasi aʼzosi, 1962-yilgacha SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi boʻldi. 1955-1976-yillarda IV-IX chaqiruv SSSR Oliy Sovetlari deputati sifatida faoliyat koʻrsatdi.
1959-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi professori, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi. 1960-yilda Ozarbayjon Kommunist Partiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi boʻldi.
1961-yilda Janubiy Afrika yozuvchisi Piter Abrahamsning asari asosida yozgan „Yashinli yoʻllar bilan“ baletidan Ikkinchi toʻplam ijrosi bilan bogʻliq Los-Anjelesda I xalqaro modern musiqa festivalining ishtirokchisi boʻldi.
1963-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatri gastrollari vaqti Qohirada „Yetti goʻzal“ baletining taqdimoti bilan bogʻliq Misr Arab Respublikasida safarda boʻldi. 1964-yilda SSSR Katta teatrining gastrollari vaqti „Yashinli yoʻllar bilan“ baleti bilan „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida ishtirok etdi.
1965-yilda 21-aprelda Moskvada, 2-iyunda Bokuda Uchinchi simfoniyaning ilk ijrosi taqdim etildi.
1966-yilda Dirijyorlarning Ikkinchi Umumittifoq musobaqasida boshqaruv kengashi raisi boʻldi, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Ispaniyaga safar qildi. „Klassik toʻplam“ ning birinchi namoyishi Boku shahrida boʻlib oʻtdi.
1968-yil 21-aprelda Gorkiy (Hozirgi Nijni Novgorod) shahrida, 28-aprelda Moskvada Violino bilan simfonik orkestr uchun Konsertning ilk namoyishi boʻldi.
1969-yilda „Yetti goʻzal“ baleti va „Layli va Majnun“ simfonik poemasining musiqasiga balet namoyishi bilan bogʻliq Parijda oʻtkazilgan umumdunyo raqs festivaliga, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Yaponiyaga safar qildi.
1971-yilda „Goyya“ filmiga yozgan musiqa uchun film suratga olinishi bilan bogʻliq Germaniya Demokratik Respublikasida safarda boʻldi.
1972-yilda „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida va bastakorlar uyushmasi kotibliklarining yigʻilishlarida oʻtkazilgan balet artistlarining Ikkinchi xalqaro musobaqasida hay’at aʼzosi boʻldi.
1973-yilda P.I. Chaykovskiy nomidagi V xalqaro musiqa musobaqasining hay’at aʼzosi, modal musiqa masalalari bilan bogʻliq Turkiyada oʻtkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etdi.
1976-yilda „Yosh bastakorlarni yetishtirish“ simpoziumining faoliyatida ishtirok etdi, sovet va italyan bastakorlarining ikki tarafli ishtiroki bilkan aloqador Italiyaning Pezaro shahriga safar qildi.
1978-yilda Umumdunyo mualliflik huquqlari agentligi kongresining ishtirokchisi sifatida Parijda safarda boʻldi, Moskva operetta teatrida „Telba gaskoniyalik“ musiqali spektakli namoyish etildi.
Qora Qorayev, shuningdek, ajoyib oʻqituvchi, bir qancha iqtidorli bastakorlarga ustozlik qilib, Ozarbayjon musiqasi tadqiqiga oid maqolalar chop ettirdi.
1986-yildan Ozarbayjon Madaniyat Vazirligining koʻmagi bilan Bokuda bastakor xotirasiga bagʻishlangan Xalqaro zamonaviy musiqa festivali oʻtkaziladi.
Bokuda metro stansiyasi, Bokuda prospekt, Imishlida koʻcha nomi, Moskvada 75-sonli Bolalar musiqa maktabi, Kemaga Qora Qorayev nomi berilgan.
Bokuda Qora Qorayev yashagan uyning devorida xotira lavhasi oʻrnatilgan.
2001-yil 3-fevralda Boku shahrining 28-may koʻchasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Qora Qorayev obidasi ochildi.[4]
2014-yil 20-iyunda Moskvada Qora Qorayevning 1973-yildan 1982-yilgacha yashagan uyida xotira lavhasi oʻrnatilgan.
Vikiomborda Qora Qorayev haqida turkum mavjud |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.