Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qizilishtonlar (Picidae) — qushlar oilasi. 224 turi maʼlum. Madagaskar, Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya va Polineziyadan boshqa hamma joida tarqalgan. Oʻzbekistonda 15 turi uchraydi. Tanasi 8—50 sm. Qizilishtonlar, asosan, daraxtda yashashga moslashgan. Oyogʻi kalta, barmoqlari oʻtkir tirnoqli. Koʻpchiligi mustahkam tumshugʻi, boʻynining kuchli muskulaturasi va baquvvat dum patlari yordamida daraxtga oʻrmalab chiqib, oziq izlaydi (bunda u daraxt poʻstlogʻi yoki yogʻoch qismini tumshugʻi bilan teshadi va uzun, chuvalchangsimon tili bilan hasharot yoki lichinkani tortib oladi). Sahroda hayot kechiruvchi turlari yerda oziqlanadi, baʼzilari daraxt shirasini soʻradi. Qizilishtonlar daraxt yoki gigant kaktuslarga, ayrimlari toshlar orasidagi iniga 3—7 ta tuxum qoʻyadi. Qizilishtonlar oʻrmon xoʻjaligiga hasharot va lichinkalarni yeb foyda, daraxt tanasini teshib zarar keltiradi.
Qizilishton | |
---|---|
Kokilli qizilishton | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: |
Picidae Leach, 1820 |
Ostoilalar | |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.