From Wikipedia, the free encyclopedia
Qishloq hayoti — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974-yil 1-yanvar dan "Qishloq haqiqati" (1974—89 yillarda ruschaga oʻgirilib "Selskaya pravda") nomi bilan oʻzbek va rus tillarida chop etilgan. 1993-yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida nashr etiladi. Respublika qishloklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer hoʻjaliklarining hayoti, muammolari, urugʻchilik va seleksiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining "Nigoh", "Tahlil", "Buni hayot deydilar", "Qishloqsagi duv-duv gap", "Bunga nima deysiz", "Hangoma", "Gurung" va boshqa rukunlari omma-bopligi bilan ajralib turadi. 1999-yildan bosh muharrir Oʻtkir Rahmat. Adadi 18—25 ming nusxa.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.