Qarluq (qishloq)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qarluq — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Shoʻrchi razʼyezdi (23 km). Q. dan Termizgacha 140 km. Aholisi 10 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Oltinsoy daryosidan suv oladi. Q. da "Sharob" aksiyadorlik jamiyati, qoʻshma, kichik korxonalar, Oltinsoy meva quritish zavodi, avtokorxona, paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari va klub muassasalari, markaziy kutubxona bor. Ashula va raqs dastasi, qoʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari, futbol, voleybol, qoʻl toʻpi maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tumanlararo travmatologiya va ortopediya markazi ishlab turibdi.
Qarluq | |
---|---|
shahar | |
38°11′48″N 67°41′42″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Oltinsoy tumani |
Aholisi | 10 110 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.