Osiyoning uzun moʻynali mushugi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Osiyo uzun yungli mushuk zoti Osiyo kalta yungli mushuklariga oʻxshab ketadi, lekin ularning ajralib turuvchi hislati ularning uzun moʻynalari borligidir. Bu mushuk zoti Osiyoda Tiffani nomi bilan ham tanilgan. Bu kalta moʻynali mushuk zotlarining naqshlari va ranglariga oʻxshab ketuvchi zotdir. Osiyo Kalta moʻynali mushuk zotlari kabi bu turning ham kelib chiqishi Buyuk Britaniyaga borib taqaladi. Bu mushuk turi GCCF da toʻliq tan olingan, Butunjahon Mushuklar Federatsiyasida hamda Butunjahon Mushuklarni Sevuvchilarda oʻzining maqomiga ega, Xalqaro Mushuklar Uyushmasida roʻyxatdan oʻtgan[1][2][3][4]. Bu tur Shimoliy Amerika zoti va Chet el uzun moʻynali zotlari bilan bogʻliq, faqatgina baʼzi xususiyatlarida farqlanadi. Avstraliyalik Tiffanidan bu tur sezilarli darajada farq qiladi va Birma uzun moʻynali mushugining boshqa nomi deyish mumkin.
Tarixi
Tiffani mushugi 1980-yillarda Buyuk Britaniyada osiyo yarim moʻynali mushuk zotining uzun moʻynali turi sifatida qabul qilingan[5]. Bu turning kelib chiqishini Fors chinchillasi va Birma mushugi turlarining chatishmasidan kelib chiqqanini kuzatishimiz mumkin[5]. Ular Birma mushuklariga juda ham oʻxshashdir[5].
Temperamenti
Tiffani mushuk zoti — momiq, faol va qiziquvchan zot hisoblanadi[6]. Bu zotga mansub mushuklar oʻz egalari bilan bogʻlangan, lekin boshqa tur vakillari bilan til topishishi qiyin, chunki ularning xarakterlarida qizgʻanchiqlik boʻlishi mumkin. Bu tur vakillari faol va egalari tomonidan eʼtibor talab qilishini kutadi. Osiyo uzun moʻynali mushugi osiyodagi eng aqlli va tartibli tur deyishimiz mumkin[7].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.