Oliqopu saroyi (عالی‌قاپو 'oliy darvoza') — Isfahon (Eron)dagi meʼmoriy yodgorlik (15- 17-asrlar). Bosh tarzi baland, keng ravoqli saroy ansambli. Saroy asosan 15-asrda qurilgan, Abbos I davrida esa kengay-344tirilib yanada balandlashtirilgan. Ansamblda saroy ahli va sarkardalar uchun qator xonalar (qabulxona, devonxona, qozixona va boshqalar), atrofi bogʻ boʻlib, uz. 6 km cha devor bilan oʻralgan. Baland darvoza (qrpu) orqali gumbazli miyonsaroyga kiriladi. Miyonsaroy bagʻali tilla halli boʻrtma naqshlar va gullayotgan daraxt tasviri bilan bezatilgan. Miyonsaroydan qabulxonaga oʻtiladi. Kdbulxona devorlaridagi tokchalarga mahalliy meʼmorlik an’analari asosida kosamonlar ishlanib, naqshlar bilan bezatilgan. Us t-ki qismidagi katta bolxona ustunlari nafis bezatilgan. Baʼzi xonalarning ichki devorlarida gulli naqshlar, bol-xonalarida devoriy rasmlar bor. Ularda muhabbat izhor etib turgan yigit va qiz, bogʻ ichida dam olayotgan ayol, Isfahon sa-roylaridagi aysh-ishrat, xursandchilik aks ettirilgan. Olimlarning fikricha, bu rasmlarni yaratgan ustalar orasida musavvir Rizo Abbosiy ham boʻlgan. Aholi Oliqopu saroyi ni muqaddas deb bilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.