From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekistonda paxta sanoatida majburiy bolalar mehnati keng tarqalgani xabar qilingan edi[1]. 2007-yilda BBC Newsnight hisobotida aytilishicha, bu majburiy mehnat har yili ikki yarim oy davomida, toʻliq Oʻzbekiston davlati nazorati ostidagi paxta sanoatida sodir boʻladi[2]. Ozodlik radiosi oʻzbek huquq faollari bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish „qasddan oʻtkazilgan davlat siyosati“ ekanligini taʼkidlagani haqida xabar bergan[3].
Asda, Gap, Marks & Spencer va Tesco kabi bir qator gʻarb chakana savdo kompaniyalari davlatning bu harakatlarini boykot qildi. Rasmiy ravishda taqiqlangan boʻlsa-da, 2009-yilda, amaliyot hali ham davom etayotgani xabar qilingan[4].
Bu amaliyotlar jahon miqyosida keng yoritilganidan soʻng bu amaliyotga chek qoʻyish majburiyatini olgan holda, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 18 yoshga toʻlmagan hech kimning paxta terimida qatnashmasligini taʼminlash niyatida ekanligini maʼlum qildi, bu haqda AQSh Departamenti hisobotida taʼkidlangan[5]. Xuddi shu hisobotda, shuningdek, Oʻzbekiston hukumati 2014-yilning kuzgi paxta yetishtiriladigan hududlarida XMT metodologiyasidan foydalangan holda monitoring olib borgani, 41 nafar ishchi bola topilgani, 19 nafar maktab mutasaddilari va fermer xoʻjaliklari rahbarlariga tegishli jazo choralari koʻrilgani taʼkidlangan.
Baʼzi nodavlat tashkilotlar, xususan, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya Forumi (UGF) ham butun dunyoda, ham Evropada bu axloqsiz amaliyotlar haqida ogohlikni oshirishga harakat qilgan. UGF nodavlat-notijorat tashkilot, Save the Children Central Asia tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.