From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekistonda 2023-yilgi prezidentlik saylovi – Oʻzbekistonda 2023-yil 9-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi.
← 2021 • Oʻzbekiston • 2030 → | |||||||||||
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi Oʻzbekiston prezidenti | |||||||||||
2023-yil 9-iyul | |||||||||||
Tip | Prezidentlik | ||||||||||
Davr | 2023—2030 | ||||||||||
Saylov demografiyasi | |||||||||||
Aholi soni | 36 000 000 | ||||||||||
Ro‘yxatga olinganlarlar | 19 593 838 | ||||||||||
Saylovchilar | 15 651 405 | ||||||||||
Qatnashdi | |||||||||||
79.88 % | |||||||||||
Yaroqsiz ovozlar | 177 889 (0,76 %) | ||||||||||
Natijalar | |||||||||||
Shavkat Mirziyoyev – OʻzLiDeP/MTDP | |||||||||||
Ovozlar | 13 625 055 | ||||||||||
87.05 % | |||||||||||
Robaxon Mahmudova – „Adolat“ SDP | |||||||||||
Ovozlar | 693 634 | ||||||||||
4.43 % | |||||||||||
Ulugʻbek Inoyatov – XDP | |||||||||||
Ovozlar | 629 116 | ||||||||||
4.2 % | |||||||||||
Аbdushukur Xamzayev – OʻEP | |||||||||||
Ovozlar | 585 711 | ||||||||||
3.74 % | |||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti | |||||||||||
https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/12 |
Konstitutsiyaviy referendum maʼqullangandan soʻng, muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishi belgilandi. Prezidentlik muddatlari yangilandi va amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yana ikki marta yetti yillik muddatga saylanish imkoniyatini berdi[1][2].
2023-yil 8-may kuni qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq oʻtkazish belgilangan[3]. 10-may kuni saylovoldi kampaniyasi boshlandi[4]. 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazish uchun 174 mlrd soʻm (taqriban 15 million 131 ming AQSh dollari) mablagʻ ajratilganini maʼlum qildi[5].
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, prezidentlik saylovlarida saylov huquqiga ega fuqarolarning kamida 33 foizi ishtirok etishi shart, aks holda saylov haqiqiy emas deb topiladi. Qonunda, shuningdek, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz olmasa, ikkinchi tur oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.
25-iyun va 2-iyul kunlari prezidentlikka nomzodlar vakillari oʻrtasida debatlar boʻlib oʻtdi. Bahslar televideniye orqali oʻzbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida namoyish etildi[6][7][8].
Ismi, tavallud yili va partiyasi | Siyosiy lavozimi | Roʻyxatdan oʻtgan sanasi | |
---|---|---|---|
Аbdushukur Xamzayev
(1973) |
Ekologik partiya raisi
(2022-yilda)[9] Ekologik partiya raisining oʻrinbosari (2023-yildan)[9] |
2023-yil 12-may[9] | |
Ulugʻbek Inoyatov
(1962)[10] |
Xalq taʼlimi vaziri
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (2019-yildan)[11] |
2023-yil 12-may[11] | |
Robaxon Mahmudova
(1968)[12] |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari
(2020-yildan)[12] |
2023-yil 12-may[12] | |
Shavkat Mirziyoyev
(1957) mustaqil nomzod (Liberal-demokratik va Milliy tiklanish partiyalari)[13] |
Oʻzbekiston Prezidenti
(2016-yildan)[14] (2003–2016)[14] |
2023-yil 12-may[13] | |
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni 88 foiz ovoz bilan qayta saylandi, deb xabar qildi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi. 10-iyul kuni dastlabki natijalarga tayanib, oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Prezident saylovining dastlabki natijalarini maʼlum qildi. Saylovda 15 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi[15].
Nomzodlar | Partiya | Birinchi tur | ||
---|---|---|---|---|
Ovoz | % | |||
Shavkat Mirziyoyev | Mustaqil | 13 625 055 | 87,05 | |
Robaxon Mahmudova | Adolat partiyasi | 693 634 | 4,43 | |
Ulugʻbek Inoyatov | Xalq demokratik partiyasi | 629 116 | 4,02 | |
Abdushukur Xamzayev | Ekologik partiyasi | 585 711 | 3,74 | |
Yaroqli ovozlar | 15 533 516 | 99,24 | ||
Yaroqsiz ovozlar | 117 889 | 0,76 | ||
Jami | 15 651 405 | 100 | ||
Saylovchilar umumiy soni | 19 593 838 | 79,88 |
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birinchi boʻlib hamkasbini gʻalaba bilan tabrikladi[16].
Xitoy yetakchisi Xi Jinping ham Mirziyoyevni tabriklab, uning faoliyatini yuqori baholadi[17].
Umuman, Mirziyoyev nomiga 20 dan ortiq davlat rahbarlaridan tabriklar keldi[18].
Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byuro (DIIHB) saylovlar „baʼzi islohotlarga qaramay, haqiqiy siyosiy raqobatda oʻtmaganligini“ keltirdi. Ularning hisobotida „saylov byulletenlarini toʻldirish belgilari, varaqalarda bir xil koʻrinadigan imzolarning koʻplab kuzatuvlari“ keltirildi. „Nomzodlarning hech biri amaldagi prezidentni ochiq tanqid qilmagan yoki muqobil siyosiy qarashlarni taqdim qilmaganligi, saylovoldi tashviqoti butun yil davomida past darajada olib borilgani“ qayd etilgan[19][20][21].
MDH kuzatuvchilari missiyasi saylovlar „shaffof, ochiq, adolatli va demokratik saylovlar tamoyillariga mos“ oʻtganini taʼkidladi. Taʼkidlanganidek, saylov „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga toʻliq mos holda oʻtgan“, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish huquqi kafolatlangan[22].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.