Mustaqil, oʻzini oʻzi boshqaruvchi, nodavlat jamoat birlashmasi From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi — mustaqil, oʻzini oʻzi boshqaruvchi, nodavlat jamoat birlashmasi. 2004-yil 26-mart Toshkentda ijodiy uyushmani tuzish boʻyicha tashabbuskor guruh rahbarligida oʻtkazilgan taʼsis konferensiyasida Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasining qonuniy vorisi sifatida tashkil topgan. Dastlab Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi (Kengashi, 1957), Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondi (1996) deb nomlangan.
Ijodiy uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahrida boʻlimlari bor. Uyushma qoshida 10 ijodiy kengash faoliyat yuritadi.
Uyushmaning asosiy maqsadi jurnalistlarning jamiyatda tutgan oʻrni va mavqeyini koʻtarish, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turli gazeta, jurnallar, tele va radiokanallarda, nashriyot va axborot agentliklarida ishlayotgan, shuningdek, erkin ijodkorlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ijodiy hamda mualliflik huquqlarini, shaʼni va qadr-qimmatini, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining muassislari va noshirlari oldidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.
Uyushmaning oliy rahbar organi Konferensiya boʻlib, u har 5 yilda kamida bir marta chaqiriladi. Konferensiya oraligʻidagi davrda uyushma faoliyatiga Uyushma boshqaruvi rahbarlik qiladi.
Uyushma qoshida Oʻzbekiston milliy matbuot markazi faoliyat koʻrsatadi. "Istiqlol" nashriyoti, "Jurnalist" shoʻba korxonasi mavjud.
Ijodiy uyushma tomonidan har yili "Yilning eng faol jurnalisti" va "Eng ulugʻ, eng aziz" ("Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda) ijodiy tanlovlari oʻtkazib kelinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.