Oʻsimlikshunoslik — madaniy oʻsimliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, seleksiyasi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urugʻchilik, oʻsimliklarni himoya qilish bilan chambarchas bogʻlangan. Oʻ.ning asosiy tadqiqot obʼyekti — qishloq xoʻjaligida ekiladigan ekinlar (turi, xili, navi, duragayi), ularning biologiyasi; tashqi muhit — agroekologik sharoitlarga talabchanligi va boshqalar Zamonaviy Oʻ. shugʻullanadigan asosiy masalalar: ekiladigan oʻsimliklar tasnifi (donli ekinlar, ildizmevali va tuganak mevalilar, moyli ekinlar, tolali ekinlar, yemxashak oʻtlari va ekinlari, narkotikalkaloidli ekinlar); ularning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish, navlar (duragaylar)ni rayonlashtirishning ilmiy asoslari, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan oʻsimliklar introduksiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiya (agrotexnika)ni oʻrganish va ishlab chiqish; ekinning tuproqqa va atrof muhitga galabi; oʻgʻitlar va sugʻorishga munosabati; potensial hosildorligi yuqori boʻlgan tezpishar, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish; yangi navlar agrotexnikasi va boshqalar Oʻ. ayrim ekinlarning biologik xususiyatlari: vegetatsiya davrining davomiyligi; organogenez, oʻsish va rivojlanish ritmlari; vegetatsiya va morfogenezning izchil ketmaket fazalari; ildiz sistemasi va assimilyatsion sirtning rivojlanish dinamikasi, quruq modda toʻplanishi, oʻsimlikda foydali xoʻjalik organlari va qismlarining shakllanishi; moddalar almashinuvi; suv va oziqlanish rejimi, sovuqbardoshligi, qishlashga, qurgʻoqchilikka, shoʻrga va boshqalarga chidamligi va boshqalarni oʻrganadi. Oʻ. ekinlarning ekologik xususiyatlarini oʻrganishda qishloq xoʻjaligi zonasidagi iqlim va tuproq omillarini baholash orqali oʻsimlik bilan tashqi muhit sharoitlari oʻrtasidagi munosabatlarni tadqiq etadi. Bunda ekish muddatlari, birinchi quzgi qorasovuq tushadigan davr, suv bilan taʼminlanish, tuproq unumdorligi va boshqalar masalalar oʻrganiladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish texnologiyasi va mahsulot yetishtirishda U. oʻrganadigan asosiy masalalar: mahalliy tuttroqiqlim sharoitlariga moslashgan hamda qimmatli xoʻjalik va biologik xususiyati bilan ajralib turadigan nav (duragay)larni tanlash; almashlab ekishda eng yaxshi oʻtmishdosh tanlash; tuproqni ishlash sistemasi va oʻgʻitlarni qoʻllash, urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik normasi, ekish usullari va chuqurligi), ekinlarni parvarishlash (tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, defoliant va desikantlarni ishlatish, ekinlarni oʻsishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlash); hosilni yigʻib olish (asosiy va yordamchi mahsulotni yigʻishtirish muddatlari va uni tashkil qilish, nobudgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, dalani angʻiz qoldiqlaridan tozalash, tuproqni yigʻimterimdan keyin ishlash), yigʻilgan hosilga dastlabki ishlov berish va hokazo.
Oʻ. boʻyicha tadqiqot ishlari dala, vegetatsion hamda lab. usullari bilan olib boriladi. Oʻ.da xoʻjaliklar hamda ayrim ishlab chiqarish novatorlarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ilmiy jihatdan umumlashtirishga katta oʻrin beriladi. Yakunlangan tadqiqotlarning natijalari agrotexnika va iqtisodiy baholash uchun aniq bir tabiiyiqlim sharoitlarida sinab koʻriladi.
Oʻzbekistonda Oʻ. faniga AL.Abdullayev, A.V.Avtonomov, V. Zuyev, A. Imomaliyev, M.V.Muhammadjonov, J.K. Saidov, S.X. Yoʻldoshev, S.M.Miraxmedov, Sh.Ibrohimov, S.R.Muhammadxonov, Z.U.Umarov, Gʻ.Qurbonov, Gʻ.Rahimov, D.T.Abdukarimov, H.Otaboyeva va boshqalar muhim hissa qoʻshgan.
Oʻzbekistonda Oʻ. masalalari bilan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi ilmiy muassasalar, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari kafedralari shugʻullanadi. Oʻ. boʻyicha yetakchi institut Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti. Oʻ.ga oid ilmiyamaliy ishlar "Oʻzbekiston kishlok xoʻjaligi", "Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi" jurnalilarida, oliy oʻquv yurtlarining ilmiy toʻplamlarida bosiladi.
Halima Otaboyeva.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.