shoir Hamid Olimjonga tegishli mashhur sheʼr From Wikipedia, the free encyclopedia
„Oʻrik gullaganda“ – shoir Hamid Olimjon tomonidan yozilgan mashhur sheʼr. Sheʼr koʻplab taniqli oʻzbek xonandalari tomonidan ijro etilgan boʻlib, musiqa va soʻzlari bahor ramziga aylangan.
1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon Oʻzbekiston SSRning hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozogʻistonga borgan. U yerda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, tadbir davomida „Qozogʻiston“ nomli mashhur sheʼrini yozgan va tadbir ishtirokchilariga oʻqib bergan. Hamid Olimjon Qozogʻistonda boʻlib turgan vaqtda, respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti – Olmaota shahri qalin qor ostida qolgan edi. Mart oyi oxirlarida Toshkentga qaytgan shoir, hovlisiga ekilgan oʻrikning gullaganiga guvoh boʻlgan va mashhur „Oʻrik gullaganda“ sheʼrini yozgan[manba kerak].
Sheʼr „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 1937-yil 5-aprel sonida ilk bor eʼlon qilingan[manba kerak].
Sheʼrni ilk bor qoʻshiq qilib kuylaganlardan biri Muhabbat Shamayevadir[1]. Qoʻshiq, shuningdek, Nasiba Abdullayeva, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli xonandalar tomonidan ham ijro etilgan[2]. Musiqasi mashhur kompazitor Manas Leviyevga tegishlidir[3].
Derazamning oldida bir tup Va shabboda qurgʻur ilk sahar Qancha tirishsam ham u beor Har bahorga chiqqanda yakkash, Etgan kabi goʻyo bir talab, Men yurganda bogʻlarga toʻlar Bunda tole har narsadan moʻl, Har bahorni yigʻlab qarshilab |
---|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.