From Wikipedia, the free encyclopedia
Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxoʻja Ulugʻxoʻja oʻgʻli) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil koʻrgan. Arab, fors tillarini oʻrgangan. Qoʻqon va Toshkentda boʻlgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati, adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), Turkiya, Misr, Arabiston (1902—1903)ga sayohat qilgan. Navoiydan oʻrgangan, gʻazallariga taxmis, naziralar yozgan. Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Muhayyir, Shavqiy kabi shoirlar bilan yaqin doʻst boʻlib, ijodiy hamkorlik qilgan, ular sheʼrlariga muhammaslar bogʻlagan. Mumtoz sheʼriyatning barcha janrlarida, turkiy va forsiyda ijod qilgan. Gʻazallarida inson goʻzalligi, muhabbat va vafo, ayollar erkini kuylagan ("Sogʻindim men, sogʻindingmi?", "Maktubi muhabbat uslub" va boshqalar), onaVatan tabiati, uning goʻzalligini tarannum etgan, xalq hayotini realistik aks ettirgan, ijtimoiy illatlarni fosh etgan, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan ("Bahor ayyomi keldi", "Davr javridin...", "Bayoni dar safari Toshkand" va boshqalar). "Shikoyati paxta" sheʼrida qishloq mehnatkashlarining achinarli hayotini tasvirlagan.
Hajviy asarlarida maktanchoq, mutakabbir boylar, chor amaldorlari tanqid qilingan ("Dar mazammati zamona", "Dar shikoyati qozi" kabi). Yumoristik asarlar yozgan ("Bez-gak" va boshqalar).
Nodim Namangoniyning sheʼrlari "Turkiston viloyatining gaze-yash"da bosilgan. Oʻzi tuzgan "Bayozi Nodim"ning mukammal nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. №4179).
Begali Qosimov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.