From Wikipedia, the free encyclopedia
Navo (fors. — kuy, ohang) — Oʻn ikki maqom tizimi hamda Shashmaqom tarkibidagi uchinchi maqom. Shashmaqomdagi N.ning cholgʻu qismlari Tasnifi N., Tarjei N., Garduni N., Nagʻmai Orazi N., Muhammasi N., Muhammasi Bayot, Muhammasi Husayniy, Saqili N. deb ataladi. Ular muayyan kuy mavzulari va doira usullari negizida yaratilgan. N.ning ashula boʻlimi 2 guruh shoʻʼbalarga boʻlinadi. Birinchi — Saraxbori N. (2 taronasi bilan), Talqini Bayot (taronasi bilan), Nasri Bayot (2 taronasi bilan), Orazi N. (3 taronasi bilan), Husayniy N. deb nomlanuvchi shoʻʼbalar hamda Ufari Bayot (Suporishi bilan) qismlaridan tashkil topadi. Ular navbatma-n-vbat turkum tarzida turli doira usullarida aytiladi. Ikkinchi guruh shoʻʼbalar — Savti N., Moʻgʻulchai N. va Mustazodi N. deb yuritiladi. Ularning har biri Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar kabi shoxobchalardan tuzilgan. N. shoʻʼbalar shakli ancha murakkab boʻlib, daromad, miyonxat, dunasr, avj va tushirim tuzilmalaridan tashkil topadi. N.ning shoʻʼbalarida, asosan, Oraz va Bayet namudlaridan avj sifatida foydalanilgan.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
N. maqomining koʻp ashula (mayo, Bayot shoʻʼbalari asosida yaratilgan Bayot — 1, 2, 3, 4, 5) va cholgʻu (surnay, tanbur, dutor) yoʻllari mavjud. R. Glier, T. Sodiqov ("Layli va Majnun" operasi), A. Kozlovskiy ("Ulugʻbek" operasi va boshqalar), M. Burhonov ("Alisher Navoiyga qasida"), M. Ashrafiy ("Dilorom" operasi), M. Mahmudov ("Navo" simfoniyasi) va boshqa kompozitorlar N. yoʻllaridan unumli foydalanishgan. N. atamasi va shu nomli mumtoz musiqa asarlari tojik, turkman, uygʻur, eron, ozarbayjon, arab, turk xalqlari musiqa merosida keng oʻrin olgan.
Ravshan Yunusov[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.