Mustafo Kamol Otaturk From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustafo Kamol Otaturk (asl ismi Mustafo) (turkcha: Mustafa Kemal Atatürk), Mustafo Kamol, Kamol Posho (1881, Saloniki – 1938.10.11, Istanbul) – Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti (1923–38), harbiy sarkarda. Turkiyada familiya boʻyicha maxsus qonun qabul qilingach, Buyuk millat majlisi tomonidan unga Atatürk familiyasi berilgan (1934).
Mustafo Kamol Otaturk | |
Mustafa Kemal Atatürk | |
Turkiyaning 1-Prezidenti | |
Hukmronligining boshlanishi: | 29-oktabr 1923 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 10-noyabr 1938 |
Partiya: | Jumhuriyat Xalq Partiyasi |
Oʻtmishdosh: | yoʻq (vakolat yaratildi) |
Voris: | İsmet İnönü |
Tugʻilgan sanasi: | 1881 |
Tugʻilgan joyi: | Saloniki, Usmonli imperiyasi |
Vafot sanasi: | 10-noyabr 1938 (57 yoshda) |
Vafot joyi: | Istanbul, Turkiya |
Turmush oʻrtogʻi: | Latifa Ushakligul (1923–25) |
Turli harbiy maktablar va Istanbul Bosh shtab akademiyasini (1905) tugatgan. Shom (Suriya), Falastin, Salonikida zobit sifatida harbiy xizmat oʻtagan (1905–09). Salonikida uning siyosiy faoliyati boshlangan. Dastlab, Yosh turklarnit „Ittihod va taraqqiy“ partiyasiga aʼzo boʻlgan (1908), keyinchalik ulardan asta-sekin uzoqlashgan. Italiya-Turkiya urushi (1911-12), 2-Bolqon urushi (1913), Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1919-yil 19-mayda Istanbuldan Anatoliya (Onadoʻli)ga kelgan. Arzirum va Sivas kongresslari (1919-yil iyul–sentyabr)ga rahbarlik qilib, turk xalqini ingliz va grek (keyinchalik arman) bosqinchilariga qarshi ozodlik urushiga chaqirgan. Sivas kongressida u Anatoliya va Rumeli Mudofaa huquq jamiyati (Vakillik komiteta) raisi qilib saylangan.
O. boshchiligida mamlakatda Kamolchilar inqilobi avj olgan. Istanbul inglizlar tomonidan ishgʻol qilin-gach (1920-yil 16-mart), barcha vatanpar-var kuchlar uning atrofida toʻplangan. Anqarada yangi parlament – Turkiya Buyuk millat majlisi (TBMM) cha-qirilib, unga Majlis va hukumat raisligiga saylangan (1920-yil 23-aprel). Ingliz va grek bosqinchilariga qar-shi kurashda turk armiyasining qoʻmondoni. Biroq, Istanbul hukumati O. va uning safdoshlarini osiy deb eʼlon qilgan va sirtdan oʻlim jazo-siga hukm etgan. Sakariyo daryosi boʻyida bosqinchilar ustidan qozonilgan gʻalaba (1921-yil 23-avgust – 13-sentyabr)dan soʻng unga marshal unvoni va gʻoziy nasabi berilgan. 1922-yil oxirida turk armiyasi O. rahbarligida toʻliq gʻalabaga erishgan.
O. irodali siyosatchi, mohir qoʻmondon, kuchli notiq boʻlgan. O. tashabbusi bilan Usmonli turk sultonligi tugatildi (1922-yil 1-noyabr), Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923-yil 29-oktabr), xalifalik bekor etildi (1924-yil 3-mart). Davlat boshqaruvi tubdan oʻzgartirilib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va harbiy sohada chuqur islohotlar oʻtka-zilgan. Mamlakat taraqqiyotining us-tuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi 6 ta tamoyilni ishlab chiqqan. Uning taʼlimoti Turkiyada otaturkchilik, Gʻarbda esa kamolizm deb baholangan. Turkiya Respublikasida islom dinining taʼsiri kamaytirilib, uni Gʻarb namunasidagi dunyoviy davlatga aylan-tirish jarayoni boshlangan.
O. turkiy xalqlar tarixi, siyosiy va harbiy mavzuga oid koʻplab nazariy asarlar muallifi. Toshkentdagi koʻchalardan biri O. nomiga qoʻyilgan.
Qahramon Rajabov, Temur Gʻiyosov.[1]
Mustafa Kemal Atatürk (talaffuzi: Mustafa Kemal Ataturk; kir. Мустафо Камол Отатурк (Mustafo Kamol Otaturk); 1881 Turkiya; 1938-yil 10-noyabr Istanbul) – Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti.
(1881 – 1938)
Mustafo Kamol Gallipoli operatsiyasi vaqtida diviziya komandiri hizmatini bajarib yurganida oʻzini mohir darajada koʻrsata bildi. Keyinroq u Anadoli va Polestina jang maydonlarida oʻzining yangi taktikalarini oliy darajada boshqarishi bilan hammaning nazarini oʻziga qaratdi, Birinchi Jahon urushi vaqtida oliy darajadagi hurmatga sazovor boʻldi. Usmonli imperiyasining jangda magʻlub boʻlib, Antanta tomonidan davlatni parchalab tashlashga rejalar tuzilgandan keyin, Mustafo Kamol Tukr milliy qoʻzgʻalonini uyushtirdi. U keyin Turk mustaqillik urushiga aylandi. Ankarada vaqtincha hukumat uyushtirganidan soʻng, u Antanta davlatlari yuborgan askarlariga qarshi hujum uyushtirib, ularni magʻlub etadi.
Sirtqi interventsiyalik kuchlarni qaytargandan keyin Mustafo Kamol Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tomonlariga ijobiy reformalar kirita boshlaydi. U feformalarning asosiy yoʻnalishlari Komolning siyosiy ideologiyasida batafsil berilgan. Otaturkning prinsipi boʻyicha Turkiya davlati shu davrgi, demokratiyalik va Sekulyarizm milliy davlat boʻlib tashkil topish kerak edi.
Birinchi jahon urushi Osiyodagi vaziyatni tubdan oʻzgartirdi. Turkiya Olmoniyaning ittifoqchisi boʻlgani bois engilgan mamlakat qismatini boʻlishib oldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli gʻolib davlatlar uzoq vaqt mobaynida tinchlik shartnomasi tuzishga muvoffaq boʻlishmadi. Baribir, 1920-yil 10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday shartnoma imzolandi. Bu Turkiya taqdirini xal kilishi lozim edi. Sevr shartnomasining imzolanishi butun Turkiyada norozilik tugʻyonini uygʻotdi. Milliy – ozodlik xarakatining tashkil etilishi va tayyorlanishida turk armiyasi generali Mustafo Kamol katta rol oʻynadi. U qisqa muddatda turk armiyasini yangidan tuzishga erishdi va bu armiya 1922-yili intervension armiyaning bir qismi boʻlgan grek qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratdi. Shundan keyin Mustafo Kamol izdoshlari kamolchilar, Turkiyadagiday yuz bergan inqilob esa kamolchilik inqilobi deb atala boshlandi. 1923-yil aprelida Mustafo Kamol tashabbusi bilan yangi partiya – Xalk partiyasi tashkil etildi. Xalk partiyasi Mustafo Kamol va uning inqilobiy islohotlari uchun asosiy siyosiy tayanch boʻlib keldi. Turkiya respublikasi Gʻarb davlatlarini Sevr shartnomasi oʻrniga yangi shartnoma imzolashga majbur qildi. 1924-yil 20-aprelda Turkiya respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustafo Kamol 1927-yili Xalq respublikasi partiyasining umrbod raisligiga saylandi va unga Otaturk, yaʼni Turklar otasi faxriy unvoni berildi. Shu bilan birga kamolchilik inqilobi kator salbiy xususiyatlarga xam ega edi. Avvalo, davlat xokimiyati shovinistik mazmun kasb etgani xolda Turkiyaning barcha fuqarolari, dini va millatidan qatʼi nazar, turklar ekanligini eʼlon qildi. Otaturk 1938-yili 57 yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom etirdi.
Mustafo Kamol Usmonli imperiyasidagi Salanik shahrida tavallud topgan. Tugʻilgan vaqtdagi toʻliq ismi – Ali Riza oʻgʻli Mustafo. Otasi – Ali Riza Efendi, onasi – Zubayda xonim. Bolam qahramon boʻlsin degan irim bilan otasi Mustafoning beshigining ustiga qilich ilgan ekan. Mustafo Kamolning aniq qaysi kuni tugʻilgani nomaʼlum. Uning sababi, Usmoniylar imperiyasi ikki turli kalendar qoʻllangan: Hijriy kalendari va Rumiy kalendari. Uning tugʻilgan yili 1296-yil deb koʻrsatiladi va qaysi kalendar boʻyicha ekanligi aytilmadi. 1296-yili (Gregorius kalendari) hozirgi kundagi kalendarning 1880–1881-yillariga toʻgʻri keladi. Mustafo Kamolning oʻzing aytishiga qaraganda, onasi unga bahorda tugʻilgansan deb aytgan, opoysi esa Makbule Atadanning aytishiga qaraganda, onalari Mustafo qishda boʻron vaqtida tunda tugʻilgansan deb aytgan. Tarixchi Reshit Saffet Atabinning taklifidan keyin Otaturkning oʻzi tugʻilgan kuni deb, Turk mustaqillik urushi boshlangan kunni, yani 19-mayni tanlagan.
Selanik bilan Manastrdagi harbiy maktablarda tahsil olgan. 1895-yili Manastrdagi Usmonli harbiy akademiyasiga oʻqishga kiradi. Mustafo Kamol Latife Ushakligiga uylanadi. U 3 yildan soʻng ayrim sabablarga koʻra ajrashdi. Otaturk etti qiz bilan bir oʻgʻil bola asirab olgan. Boʻsh vaqtida kitob oʻqishni, otga minishni, shaxmat oʻynashni va suvda suzishni yoqtirgan. Ayniqsa Raqsga tushushga humor boʻlgan. Mustafo Kamol koʻplab kitoblar yozib, shaxsiy kundalik ham tutgan. Otaturk 1938-yili 57 yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom etirdi.
Huquq sohasida:
Iqtisod sohasida:
Ijtimoiy sohada:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.